bulg„ab tashlash O‗lmas aka ijodi uchun yot narsa. 3. O‗lmas akaning Qo‗qon teatri
sahnasida qo‗yilgan birinchi sahna asarlari – «Sud», «Yoz yomg„iri» qissalari
zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. 4.
Shulardan biri – O„lmas aka 1934-yilda, ulug„ shoir, alloma, siyosiy arbob,
diplomat, o„zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yilda
tug‗ilganlar. 5. Keksalar, dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar,
avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? 6. O‗lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa
– nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar yordamida turlicha yechiladi. (T.
Malik)
4-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan)
1. Darvoqe, o‗tgan har bir lahza asli tarix, adabiyot esa, asosan, kechgan
voqelik – hodisalar tasviri bilan ish ko‗radi. 2. Ammo muallif bunda o‗tmish umr
sog‗inchi yoxud odatdagi qo‗msov – nostalgiyani maqsad qilgan emas, boshqa
dard, muddaolar ham borki, kitobni o‗qiganda anglaysiz. 3. Dastlabkisi – elektron
pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4. Otdoshing – Farhod
maktabni bitiray deb qoldi, Londonga borib o‗qimoqchi, pasport olishi kerak. 5.
Fikrni bir joyga jamlashga, ko„p yillar burun kechgan o„sha voqealarni birma-bir
nazardan o„tkazib, qay o„rinda yoshlik qilgani – xatoga yo„l qo„yganini anglab
yetishga kuch topolmayotir. 6. Atay sheriklaridan qochib orqadagi bo‗sh o‗rindiqqa
o‗tib olgan safar guruhining rahbari – san‟at arbobi Farhod Ramazon daf‘atan
bezovtalandi. 7. Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh qahramon –
«qizlarning qorovuli» ham shu. 8. Bir nimalar yozib tashlagisi keladi, ammo
kunduzgi horg‗inlikmi, allaqanday qo‗rquv – jur‟atsizlikmi qo‗lini chandib, o‗rnidan
qo‗zg‗atmay qo‗yadi.
E. A‟zam. «Shovqin»
Do'stlaringiz bilan baham: |