ajratish sanaladi. Masalan: Bog„imizda muattar, xushbo„y gullar yashnab o„sib
yotibdi. / Bog„imizda gullar yashnab o„sib yotibdi – muattar, xushbo‘y.
Me‘yoriy gap boʻlaklari tartibi boʻyicha sifatlovchi aniqlovchi oʻzi bogʻlangan
boʻlak, ya‘ni
sifatlanmishdan oldin keladi: Yurtimizda chiroyli va muhtasham binolar qad
rostlamoqda. Ushbu gapda chiroyli va muhtasham sifatlovchi aniqlovchilar, binolar
esa sifatlanmish boʻlib, sifatlovchi
aniqlovchilar sifatlanmishdan oldin kelgan. Ba‘zan soʻzlovchi sifatlovchi
aniqlovchini alohida ta‘kidlab, ma‘nosini boʻrttirib ifodalamoqchi boʻladi va uning
odatdagi tartibini oʻzgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi: Yurtimizda binolar qad
rostlamoqda – chiroyli va muhtasham.
Natijada sifatlovchi aniqlovchi gapning boshqa boʻlaklaridan alohida ohang bilan
ajralib qoladi va
ajratilgan boʻlakka aylanadi. Bunday sifatlovchi aniqlovchining ma‘nosi odatdagi
tartib boʻyicha qoʻllangan sifatlovchiga nisbatan boʻrttiriladi, alohida ta‘kidlanadi.
Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Tartibi o‗zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi
aniqlovchilar ajratilgan bo‗lakka aylanadi.
Hozirgi o‗zbek tilida, asosan, sifatlovchi aniqlovchi, izohlovchi aniqlovchi va
ravish holi tartibni o‗zgartirish orqali ajratiladi.
Tartibni oʻzgartirish orqali gap boʻlaklarini ajratish
№
Gap boʻlagi
Oddiy gap boʻlagi
Ajratilgan gap boʻlagi
1
Sifatlovchi
aniqlovchi
1) Yosh va navqiron yigitlar
vatanimiz kelajagidir.
2) Qizlar xushboʻy va
muattar
gullarni terishdi.
1) Yigitlar – yosh va
navqiron,
vatanimiz kelajagidir.
2) Qizlar gullarni terishdi –
Do'stlaringiz bilan baham: |