Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Uyushiq toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan.  1. Singlimga


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   310
4-misol. Uyushiq toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Singlimga va ukamga kitoblar sotib oldim. 2. Insonlar ongida yerni, suvni, 
olovni e‘zozlash ustuvor bo‗lgan. 3. Vatan uchun, xalq uchun birgalikda harakat 
qilaylik. 4. Yurtni balo-qazolardan himoya eta oladigan o„g„lonlarga, porloq hayotni 
ravshan ko‗z bilan ko‗ra oladigan pok niyatli avlodlarga olqishlar bo‗lsin. 


240 
 
Har xil ma‘noni bildirgan, turli shakllarda kelgan to‗ldiruvchilar uyushiq 
hisoblanmaydi. 
Masalan: Bu daftarni senga oldim
Mazkur gapdagi daftarni va senga to‗ldiruvchilari uyushmagan, chunki 
ularning biri (daftarni) narsa-buyum ma‘nosini, ikkinchisi (senga) atalganlik va shaxs 
ma‘nosini ifodalaydi. Shuningdek, ular turli shakllarda kelgan. 
UYUSHIQ ANIQLOVCHI 
Gap tarkibida narsa-buyumning bir turdagi yoki turli turdagi belgilarini 
bildiruvchi ikki va undan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar hisoblanadi. 
Masalan: Shu muqaddas va jannatmakon Vatan – barchamizniki.
5-misol. Uyushiq aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Bog‗imizda oq, qizil, pushti gullar ochilib yotibdi. 2. Chaqaloq oppoq, 
kichkina va dumaloq qo‗llarini cho‗zib menga talpinar edi. 3. To„lqinning, 
Ozodaning va Shoiraning ukalari bog‗chada tarbiyalanadilar. 4. Yoqimli, 
orombaxsh shamol esadi. 
Uyushiq sifatlovchi aniqlovchilar shaxs va narsa-predmetning bir xil belgisini 
ham, turli belgisini ham bildirishi mumkin: 
1. Siz qiyin, ammo sharafli kasb egasi ekansiz.
Ushbu gapdagi uyushiq sifatlovchi aniqlovchilar – qiyin va sharafli soʻzlari bir 
xil belgini – har ikkalasi ham xususiyat belgisini bildirgan. 
2. Tor va noqulay yoʻlakdan yurib, koʻchaga chiqiladi. 
Ushbu gapdagi uyushiq sifatlovchi aniqlovchilar – tor va noqulay soʻzlari esa 
ikki xil belgini: tor hajm-oʻlchovni, noqulay xususiyatni ifodalagan. 
Uyushiq aniqlovchilar har doim bitta hokim so‗zga, ya‘ni bitta aniqlanmishga 
tobelanib bog‗lanishi lozim. 
Solishtiring: 
1. Qizlar bog„da shirin va katta olmalarni terdi.
Uyushiq aniqlovchilar (shirin va katta) mavjud. Chunki har ikkalasi bitta 
hokim so‗z – olmalarga bog‗langan. 
2. Qizlar bog„da shirin shaftoli va katta olmalarni terdi.
Uyushiq aniqlovchilar mavjud emas. Chunki shirin so‗zi shaftoli so‗ziga, katta 
so‗zi olma so‗ziga, ya‘ni boshqa-boshqa so‗zlarga bog‗langan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling