Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


GAPNING UYUSHIQ BO„LAKLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   310
GAPNING UYUSHIQ BO„LAKLARI 
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‗pincha, bir xil so‗roqqa javob 
bo‗ladigan, o‗zaro teng bog‗langan va barchasi gapning bitta bo‗lagiga tobelanadigan 
bo‗laklar uyushiq bo„lak deyiladi. 
Masalan: Bola goh menga, goh unga qarar edi. 
Gapning barcha bo‗lagi uyushadi: 
1) uyushiq ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi; 
2) uyushiq kesim: U asta joyiga o‘tirib, gapira boshladi.Yo„l keng va tekis edi; 
3) uyushiq to‗ldiruvchi: Kitob va daftarlarni keltirdi. Akamga va opamga 
xabar qildik
4) uyushiq aniqlovchi: Salqin va bahavo bog„da dam oldik. Olma(ning) va 
shaftolining hosili mo„l bo„ldi; 
5) uyushiq hol: Topshiriqni tez va puxta bajardik. Bugun va ertaga men 
navbatchilik qilaman. Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan. Quvonch va 
shodlikdan tili aylanmas edi. U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi. 
Men sizga o‘n marta, yuz marta gapirdim. 
1-misol. Uyushiq boʻlaklar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Donishmandlik haqiqatni so„zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga 
bo„ysunmoqlikdan iboratdir. (Buqrot) 2. O‗zini anglash va fikrlash hamma 
odamlarga xosdir. (Buqrot) 3. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar
(A.Avloniy) 
4. 
Adolatli, 
fanni 
sevuvchi 
aqlli 
hukmdor 
insonparvarlik 
munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak. (Abu Ali ibn Sino) 5. 
Ulamolar suhbatida bo‗l; pok, sof niyatli kishilarga talpin. (Amir Temur) 6. Ustoz va 
muallimlar hurmatini o‗rniga qo‗yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham savob 
topadi. (Koshifiy) 
Uyushiq boʻlaklarning xususiyatlari 
Men bu sovgʻalarni onamga, opamga va ukamga oldim. 

Barchasi bir xil soʻroqqa javob boʻladi 
kimga oldim? – onamga; 
kimga oldim? – opamga; 
kimga oldim? – ukamga. 


237 

Barchasi bir xil gap boʻlagi vazifasini 
bajaradi 
onamga – toʻldiruvchi; 
opamga – toʻldiruvchi; 
ukamga – toʻldiruvchi. 

Barchasi bir xil grammatik shakllanadi 
(bir xil qoʻshimchalarni qabul qiladi) 
onamga (joʻnalish kelishigi shaklida);
opamga (joʻnalish kelishigi shaklida);
ukamga (joʻnalish kelishigi shaklida).

Barchasi bitta soʻzga tobelanadi 
onamga oldim; 
opamga oldim; 
ukamga oldim 

Teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi 
bilan oʻzaro teng bogʻlanadi 
onamga, opamga va ukamga 
Uyushiq bo‗lakda ko‗plik, egalik va kelishik qo‗shimchasi qo‗llanishi ikki xil: 
1) ko‗plik, egalik va kelishik qo‗shimchasi uyushiq bo‗lakning oxirgisiga 
qo‗shilib, barchasiga tegishli bo‗ladi:
Noma va arizalarning ba‟zisi mirzo, muftilarga havola qilinar edi; 
2) gapdagi uyushiq bo‗lakning har birida son, egalik, kelishik qo‗shimchasi 
qo‗shilishi ham mumkin:
Qor sovug„i qo„llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursada, menga 
juda yoqimli tuyuldi. 
Uyushiq bo„laklarga qoʻshimchalarning qo„shilishi 
№ 
Qoʻshimchalarning 
qoʻshilish turi 
Misollar 
Xususiyati 

Qoʻshimchalar uyushiq 
bo‗laklarning har biriga 
alohida-alohida 
qo‗shiladi. 
1) Toshkentda, Samarqandda va 
Fargʻonada bayram shodiyonalari 
oʻzgacha koʻrinish oldi. 
2) 
Navoiyning
Boburning
Mashrabning 
asarlarini 
sevib 
oʻqiyman. 
Uyushiq 
boʻlaklarning 
har biri alohida 
ta‘kidlanadi. 

Qoʻshimchalar uyushiq 
bo‗laklarning eng 
oxirida qoʻllanilib, 
hammasi uchun tegishli 
boʻladi. 
1) 
Toshkent, 
Samarqand 
va 
Fargʻonada bayram shodiyonalari 
oʻzgacha koʻrinish oldi. 
2) Navoiy, Bobur, Mashrabning 
asarlarini sevib oʻqiyman. 
Uyushiq 
boʻlaklarning 
har biri 
ta‘kidlanmay, 
oddiy sanab 
koʻrsatiladi. 
Gapda uyushiq bo‗lak sanash ohangi va teng bog‗lovchilar vositasida 
bog‗lanadi, yozuvda sanash ohangini ifodalash uchun uyushiq boʻlaklar oʻrtasiga 
vergul qoʻyiladi. 
Gapning uyushiq bo‗lagi guruh-guruh bo‗lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan 
ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo‘lishi va yaxshi toblanib 
sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo‘lishi kerak


238 
UYUSHIQ KESIM 
Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, 
mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog‗lama va ko‗makchi fe‘llar) oxirgi bo‗lakka 
qo‗shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash
berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak. Men uzoq yillardan 
buyon shu shaharda yashab, o„qib, ishlab kelyapman
Birinchi gapda tinglash, bajarish, takrorlash kerak degan ot kesimlar uyushgan 
boʻlib, kesimni shakllantiruvchi bogʻlama – kerak soʻzi faqat oxirgi kesimga 
qoʻshilgan, natijada soʻnggi kesimgina grammatik jihatdan shakllanib, oldingi 
kesimlar alohida mustaqil kesim sifatida shakllana olmagan va keyingi kesim bilan 
uyushib, uyushiq kesimli sodda gap hosil boʻlgan. 
Ikkinchi gapda esa oʻqib, ishlab kelyapman degan fe‘l kesimlar uyushgan 
boʻlib, kesimni shakllantiruvchi zamon va shaxs-son shakllari (-yap, -man) faqat 
oxirgi kesimga qoʻshilgan. 
Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo‗shilsa, bunday gap uyushiq kesimli 
sodda gap emas, qo‗shma gap hisoblanadi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, 
darsni diqqat bilan tinglash kerak, berilgan topshiriqlarni bajarish kerak, muntazam 
takrorlash kerak. Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi
Uyushiq kesimlarda faqat oxirgi kesimgina grammatik jihatdan toʻliq 
shakllangan boʻladi, oldingi kesimlar esa grammatik jihatdan shakllanmagani uchun 
oʻzi alohida kesim boʻla olmaydi va keyingi kesim bilan birgalikda tugal hukmni 
ifodalaydi. Natijada gap tarkibida ikki va undan ortiq kesim boʻlsa-da, ulardan bittasi 
mustaqil tugal hukmni anglatgani, qolganlari esa alohida hukmni bildira olmagani 
uchun bunday gaplar uyushiq kesimli sodda gaplar sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling