Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


ishrat umidi keldi g‗amginlik aro. (A. Navoiy) 4. Tikansiz


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310
ishrat umidi keldi g‗amginlik aro. (A. Navoiy) 4. Tikansiz gul, sadafsiz dur, 
mashaqqatsiz hunar bo‗lmas. (Mashrab) 5. Kissayi purzar emish elga hunar
behunar elni derlar rishi xar. (Gulxaniy) 6. Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, 
ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o„z egasini har doim qo‗llab-
quvvatlaydi. (A. Donish) 7. Shamning qizg„ish shu‘lasi kulbaga fayz berib turar edi. 
(G„afur G„ulom) 8. Chuqur va xayolchan ko‗zlarida sirli va sehrli bir holat aks 
etadi. (Omon Muxtor) 
ANIQLOVCHINING TURLARI 
Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, 
hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini 
bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko‗ra, aniqlovchilar uchga 
bo‗linadi: 
1) sifatlovchi aniqlovchi;
2) qaratqich aniqlovchi;
3) izohlovchi aniqlovchi. 
Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning (qaratqich 
aniqlovchi) husniga husn qo„shmoqda. (Sh.R.) Kapitan (izohlovchi aniqlovchi) 
Mansurov so„zladi. 
SIFATLOVCHI ANIQLOVCHI 
Predmetning rangi, ta‘mi, hajmi, miqdori, xarakter xususiyatini bildirib
o‗zidan keyingi bo‗lakka bitishuv yo‗li bilan tobelangan aniqlovchilarga sifatlovchi 
aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi aniqlovchi qanday, qanaqa, qancha, nechanchi
qaysi kabi so‗roqlardan biriga javob bo‗ladi. 
2-misol. Sifatlovchi aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Ko„m-ko„k g‗o‗zalar hosilga kirdi. 2. Bu kishining fe‘l-atvori menga juda 
yoqib tushdi. 3. Sanjar sakkizinchi sinfda o‗qiydi. 4. Besh-olti keksa yig‗ilib 
maslahat qilishdi. 5. Hojatmand kishini noumid qaytarma. (Luqmoni Hakim) 6. Har 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling