Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Vositali toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan.  1. Beshga


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310
4-misol. Vositali toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Beshga beshni qo‗shsak, oʻn bo‗ladi. 2. Botirda qiziqarli kitoblar ko‗p. 3. 
Bu xabarni akamdan eshitdim. 4. Kitob ikki qismdan iborat. 5. Qishloqqa 
avtobusda ketadigan bo‗ldim. 6. Mufassal hisobotni pochta orqali yuboraman. 7. 
Xat qizil qalam bilan yozilgan edi. 8. Kutubxonachi yangi kitoblar haqida gapira 
boshladi. 
 
ANIQLOVCHI 
Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini 
bildirib, gapning ot bilan ifodalangan bo‗lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali 
bo‗lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi, nechanchi, qancha, nechta, kimning, 
nimaning, qayerning so‗roqlaridan biriga javob bo‗ladi. Aniqlovchi aniqlagan 
(bog‗langan) bo‗lak aniqlanmish hisoblanadi. Masalan: Bogʻda chiroyli gullar oʻsib 
yotibdi. Bunda: chiroyli – aniqlovchi, gullar – aniqlanmish. 
Aniqlovchi gapning bàrcha bo‗laklarini aniqlashtirib kelishi mumkin. 
Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi, to‗ldiruvchi va holga bog‗lanadi: Bahaybat 
samolyot (ega) yerga ohista qo„ndi. Salimjon – a‟lochi o‘quvchi (ot kesim). Ilg„or 
ishchilarga (to‗ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi 


230 
bog‘da (hol) uchrashdik. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishlariga havasing 
keladi. 
1-misol. Aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Hunari va odobi bo„lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. (Mahmud 
Koshg„àriy) 2. Hunar bilan davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham 
qimmatliroqdir. (Ahmad Yugnakiy) 3. Kasb ayla nishot mehnat oyinlik aro, kim 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling