Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310
13-mavzu: 
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO„LAKLARI
HOL 
Hol ko‗proq kesimga bog‗lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‗rnini, 
paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan 
ikkinchi darajali bo‗lak.
Hollar qanday, qanday qilib, qay tarzda, qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, 
nega, nima uchun, qancha kabi so‗roqlarning biriga javob bo‗ladi. Shunga ko‗ra, 
o„rin holi, payt holi, ravish holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi 
farqlanadi. 
Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko‗makchili otlar, olmoshlar, sifat, son, 
taqlid so‗z va fe‘lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. 
1-misol. Hollar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Kechqurun salqin bo‗ldi, ertalab shudring tushdi. 2. To„g„ri yursang, 
murodingga oson yetarsan. 3. Hozir maktab o‗quvchisiman, kelasi yil talaba 
bo‗laman. 4. Boshqa hech narsasi yo„qligi uchun bitta-yu bitta ho‗kizini berib 
yubordi.
2-misol. Hollar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Degil inson desang ani ne ajab, bo‗lmasa qirq yasharda aql-u adab. (Sayfi 
Saroyi) 2. Kishi ko‗pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay 
olmaydi. (L.Berne) 3. Biri mahv bo‗layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini 
qutqarishi mumkin. (O.Balzak) 4. Kishi jamiyat uchun yaralgan. U yolg„iz yashashga 


226 
layoqatli emas va yakka yashashga jur‘ati yetmaydi. (U.Blekstoun) 5. Kishi uzlatda 
yashay olmaydi, unga jamoat kerak. (I.Gyote) 6. Faqat odamlar orasidagina kishi 
o‗z-o‗zini anglashga qodir. (I.Gyote) 
SODDA VA MURAKKAB HOLLAR 
Hollar tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) sodda hol; 2) murakkab hol. 
Bir mustaqil so‗z bilan ifodalangan hol sodda hol deyiladi. Masalan: Kecha 
biznikiga mehmonlar kelishdi.
Ikki va undan ortiq soʻz hamda kengaygan birikma bilan ifodalangan hol 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling