Ravishdoshning boʻlishsizlik shakllari
№
Qoʻshimchalar
Boʻlishsiz shakli
1
-(i)b: oʻqib
-a / -y: oʻylay-oʻylay
-may: oʻqimay / oʻylamay
-mayin: oʻqimayin / oʻylamayin
-masdan: oʻqimasdan / oʻylamasdan
2
-gancha: yugurgancha
-guncha: tugatguncha
-gach: kelgach
-ma: yugurmagancha / tugatmaguncha /
kelmagach
3
-gani: ishlagani
Boʻlishsiz shakli mavjud emas.
KOʻMAKCHI FE‟LLI SOʻZ QOʻSHILMASI
Oʻqib chiqdi, oʻqib yuribdi, oʻqib turibdi, oʻqib yotibdi, oʻqib tashladi, oʻqib
qoʻydi, oʻqiy boshladi, oʻqiy oladi kabi fe‘llarning barchasi bir umumiy ma‘noni –
«oʻqimoq» ma‘nosini ifodalaydi. Bu ma‘no ravishdosh shaklidagi birinchi fe‘ldan
anglashiladi. Biroq har bir birlik «oʻqimoq» ma‘nosini turli xil tarzda ifodalagan.
Masalan, oʻqib chiqdi fe‘li harakat (oʻqish)ning toʻliq yakunlanganini, oʻqib yuribdi,
oʻqib turibdi, oʻqib yotibdi fe‘llari harakat (oʻqish)ning davom etayotganligini, oʻqiy
oladi fe‘li esa harakat (oʻqish)ni bajarishga imkoniyat borligini bildirgan.
Koʻrinyaptiki, bu fe‘llardagi asosiy ma‘no – «oʻqimoq» ma‘nosi ravishdosh
shaklidagi birinchi qismdan anglashilmoqda, unga qoʻshilib kelayotgan ikkinchi
qismdagi fe‘llar esa birinchi fe‘lning ma‘nosiga turli xil qoʻshimcha ma‘nolarni
qoʻshmoqda. Masalan, oʻqib chiqdi fe‘lida ikkinchi qism chiqdi fe‘li birinchi qism
oʻqib fe‘lining ma‘nosiga harakatning toʻliq yakunlangani ma‘nosini qoʻshgan.
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi ikkita fe‘lning birikishidan tashkil topgan
birlik boʻlib, yetakchi fe‘l va koʻmakchi fe‘lni oʻz ichiga oladi. Masalan: oʻqib
chiqdi, oʻqib yotibdi.
Yetakchi fe‟l – koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining birinchi qismi boʻlib,
ravishdoshning
-(i)b, -a / -y shakllarini olgan fe‘l. Masalan: oʻqib chiqdi, oʻqib yotibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |