Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310

Farqli 
xususiyatlari 
a) Ot + fe‘l tipidagi qoʻshma fe‘llarning birinchi qismi hech 
qachon fe‘l boʻlmaydi, fe‘ldan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, 
ravish, olmosh, taqlid soʻz, undov soʻz) boʻladi. Masalan: salom 
bermoq, javob olmoq, dars qilmoq
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining birinchi qismi doimo fe‘l 
boʻladi. Masalan: aytib bermoq, yoza olmoq. 
b) Qoʻshma fe‘llar yasama soʻz, koʻmakchi fe‘lli soʻz 
qoʻshilmalari tub soʻz hisoblanadi. 

Misollar 
1) Askarlar olgʻa qadam tashladi. – qoʻshma fe‘l 
2) Haydarali boʻlgan voqeani sharta-sharta aytib tashladi. – 
koʻmakchi fe‘lli s.q. 
Koʻmakchi fe‟lli soʻz qoʻshilmasi va soʻz birikmasining farqlanishi 

Oʻxshash 
xususiyatlari 
Soʻz birikmasi va koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi shaklan 
oʻxshash holda uchrashi mumkin. Masalan: 
1) Alisher voqeani oʻylanib gapirdi. – soʻz birikmasi, fe‘l + fe‘l 
birikuvidan tashkil topgan; 
2) Alisher bu xabarni eshitib oʻylanib qoldi. – koʻmakchi fe‘lli 
soʻz qoʻshilmasi, fe‘l + fe‘l birikuvidan tashkil topgan. 

Farqli 
xususiyatlari 
a) Soʻz birikmasining har bir qismi alohida-alohida soʻroqqa 
javob boʻladi va boshqa-boshqa gap boʻlaklari vazifasini 
bajaradi. Masalan: Alisher voqeani oʻylanib gapirdi. Nima qildi? 
– gapirdi (kesim), qay tarzda gapirdi? – oʻylanib (hol); 
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining har ikkala qismi bitta 
umumiy soʻroqqa javob boʻladi va bitta gap boʻlagi vazifasida 
keladi. Masalan: Alisher bu xabarni eshitib oʻylanib qoldi. Nima 
qildi? – oʻylanib qoldi (kesim). 
b) Soʻz birikmasining har ikkala qismi oʻz ma‘nosida qoʻllanadi. 
Masalan: Alisher voqeani oʻylanib gapirdi. (ham oʻylangan, ham 
gapirgan); 
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining ikkinchi qismi, ya‘ni 
koʻmakchi fe‘l koʻchma (boshqa) ma‘noda qoʻllanadi. Masalan: 
Alisher bu xabarni eshitib oʻylanib qoldi. (oʻylangan, lekin 
qolmagan) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling