2
Farqli
xususiyatlari
a) Qoʻshma fe‘llarning birinchi qismi ham, ikkinchi qismi ham
oʻz ma‘nosida qoʻllanadi. Masalan: U binoga kirib chiqdi. (ham
kirgan, ham chiqqan);
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining ikkinchi qismi, ya‘ni
koʻmakchi fe‘l koʻchma (boshqa) ma‘noda qoʻllanadi. Masalan:
U kitobni oʻqib chiqdi. (oʻqigan, lekin chiqmagan).
b) Qoʻshma fe‘lning ikkinchi qismi tushirilsa, ma‘no butkul
oʻzgarib ketadi yoki yoʻqoladi. Masalan: U binoga kirib chiqdi
gapida kirib chiqdi fe‘li orqali ifodalangan ma‘noni ikkinchi
qismni tushirib, kirdi fe‘lining oʻzi orqali ifodalab boʻlmaydi,
chunki bunda chiqish ma‘nosi yoʻqoladi.
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining ikkinchi qismini tushirib
ham oʻsha ma‘noni ifodalash mumkin. Masalan: U kitobni oʻqib
chiqdi – U kitobni oʻqidi.
d) Qoʻshma fe‘llar yasama soʻz, koʻmakchi fe‘lli soʻz
qoʻshilmalari tub soʻz hisoblanadi.
3
Misollar
1) Otam chet eldan qaytishida menga sovgʻa olib kelmoqda. –
qoʻshma fe‘l
2) Anvar uch yildan beri shu shaharda yashab kelmoqda. –
koʻmakchi fe‘lli s.q.
3) U yangi mashina sotib oldi. – qoʻshma fe‘l
4) U mashinasini sotib yubordi. – koʻmakchi fe‘lli s.q.
Koʻmakchi fe‟lli soʻz qoʻshilmasi va ot + fe‟l tipidagi qoʻshma fe‟lning
farqlanishi
1
Oʻxshash
xususiyatlari
a) Qoʻshma fe‘l ham, koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi ham
gapda bitta soʻroqqa javob boʻladi va bitta gap boʻlagi vazifasini
bajaradi. Masalan: Bolakay keksalarga salom berdi. Nima qildi?
– salom berdi (kesim)
Bolakay voqeani bobosiga aytib berdi. Nima qildi? – aytib berdi
(kesim).
b) Ot + fe‘l tipidagi qoʻshma fe‘lning ham, koʻmakchi fe‘lli soʻz
qoʻshilmasining ham ikkinchi qismi koʻchma ma‘noda
qoʻllanadi. Masalan: salom berdi – ot + fe‘l tipidagi qoʻshma
fe‘l, bermoq oʻz ma‘nosida emas (salomni berib boʻlmaydi);
aytib berdi – koʻmakchi fe‘lli s.q. (aytgan, lekin bermagan)
102
Do'stlaringiz bilan baham: |