Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
farqlanishi
1 Oʻxshash xususiyatlari a) Fe‘l + fe‘l tipidagi qoʻshma fe‘l ham, koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi ham ikkita fe‘lning birikuvidan hosil boʻladi. Masalan: kirib chiqdi – qoʻshma fe‘l; oʻqib chiqdi – koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi. b) Qoʻshma fe‘l ham, koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi ham gapda bitta soʻroqqa javob boʻladi va bitta gap boʻlagi vazifasini bajaradi. Masalan: U binoga kirib chiqdi. Nima qildi? – kirib chiqdi (kesim). U kitobni oʻqib chiqdi. Nima qildi? – oʻqib chiqdi (kesim). 2 Farqli xususiyatlari a) Qoʻshma fe‘llarning birinchi qismi ham, ikkinchi qismi ham oʻz ma‘nosida qoʻllanadi. Masalan: U binoga kirib chiqdi. (ham kirgan, ham chiqqan); Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining ikkinchi qismi, ya‘ni koʻmakchi fe‘l koʻchma (boshqa) ma‘noda qoʻllanadi. Masalan: U kitobni oʻqib chiqdi. (oʻqigan, lekin chiqmagan). b) Qoʻshma fe‘lning ikkinchi qismi tushirilsa, ma‘no butkul oʻzgarib ketadi yoki yoʻqoladi. Masalan: U binoga kirib chiqdi gapida kirib chiqdi fe‘li orqali ifodalangan ma‘noni ikkinchi qismni tushirib, kirdi fe‘lining oʻzi orqali ifodalab boʻlmaydi, chunki bunda chiqish ma‘nosi yoʻqoladi. Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining ikkinchi qismini tushirib ham oʻsha ma‘noni ifodalash mumkin. Masalan: U kitobni oʻqib 108 chiqdi – U kitobni oʻqidi. d) Qoʻshma fe‘llar yasama soʻz, koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmalari tub soʻz hisoblanadi. 3 Misollar 1) Otam chet eldan qaytishida menga sovgʻa olib kelmoqda. – qoʻshma fe‘l 2) Anvar uch yildan beri shu shaharda yashab kelmoqda. – koʻmakchi fe‘lli s.q. 3) U yangi mashina sotib oldi. – qoʻshma fe‘l 4) U mashinasini sotib yubordi. – koʻmakchi fe‘lli s.q. Yasama fe‘llar deyilganda ham affiksatsiya usuli bilan, ham kompozitsiya usuli bilan yasalgan fe‘llar birgalikda tushuniladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling