Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310
5-misol. 
Unib-oʻsdi, qoʻllab-quvvatladi, oldi-qo‗ydi, ketdi-qoldi, yozdi-qo‗ydi, sindi-
qoldi, urindi-turtindi, soʻradi-qoʻydi, qochdi-ketdi. 
 
6-misol. Juft fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo‗yadi, deb 
o‗yladi ichida O‗ktam. (Oybek) 2. U soy yoqalab yotqizilgan omonat toshlardan 
sakrab-hakkalab, ohista yurib kelardi. (X. Sultonov) 3. Ana, hech narsa 
bo‗lmagandek, yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. (Erkin A‟zam) 4. Oyim 
to‗yxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib ketaverdi. (O„. Hoshimov) 5. 


110 
O‗qituvchilarimning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o‗sha yerda 
ko‗chiraman-qo‗yaman. (X. To„xtaboyev) 
 
 
 
TAKRORIY FE‟LLAR 
Asosni takrorlash bilan hosil bo‗lgan fe‘llar takroriy fe‟llar deyiladi. Takroriy 
fe‘l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-kuta, o„yladi-o„yladi 
kabi. 
7-misol. 
Oʻtdi-oʻtdi, gapirdi-gapirdi, sayradi-sayradi, oʻqigani-oʻqigan, ishlagani-
ishlagan, yurib-yurib, oʻqiy-oʻqiy, yoza-yoza, ayta-ayta. 
FE‟LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI 
 
Fe‘l asoslariga qo‗shilib, gapda kesim vazifasida qo‗llanilishiga xoslovchi 
shakllar fe‟llarning munosabat shakllari hisoblanadi. 
Fe‘llarning zamon, mayl, shaxs-son qo‗shimchalari munosabat shakllari 
sanaladi. Bu shakllarga ega bo‗lgan har qanday fe‘l gapda kesim vazifasida keladi. 
Yuqoridagi ma‘no va shakllardan xoli bo‗lgan fe‘l asosi fe‘lning noaniq shakli 
hisoblanadi va bu shakl -moq qo‗shimchasi yordamida ifodalanadi. 
FE‟LLARNING ZAMON SHAKLLARI 
Fe‘l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir 
bo‗lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi. 
Fe‘l uchta zamon shakllariga ega: o‗tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. 
1-misol. 
Keldi / kelyapti, keladi; oʻqibdi / oʻqimoqda / oʻqiydi; yozgan / yozayotir / 
yozar. 
Fe‘l zamonlari fe‘ldan anglashilgan harakat-holatning qachon sodir boʻlganini, 
sodir boʻlayotganini yoki sodir boʻlishini bildiruvchi shakllar tizimidir. Fe‘lning 
qaysi zamonda ekanligi nutq soʻzlanib turgan payt (hozir)ga nisbatan belgilanadi. 
Fe‘ldan ifodalangan harakat-holat nutq soʻzlanib turgan paytdan ilgari roʻy bergan 
boʻlsa, oʻtgan zamon (U oʻqidi); nutq soʻzlanib turgan paytda roʻy berayotgan, 
tugamagan va davom etayotgan boʻlsa, hozirgi zamon (U oʻqiyapti); nutq soʻzlanib 
turgan paytdan keyin roʻy beradigan, hali sodir boʻlmagan boʻlsa, kelasi zamon (U 
oʻqiydi) yuzaga chiqadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling