Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   310

Farqli 
xususiyatlari 
a) Qoʻshma fe‘llar doimo bitta soʻroqqa javob boʻladi va bitta 
gap boʻlagi vazifasini bajaradi. Masalan: Sanobar bergan 
savoliga javob oldi. Nima qildi? – javob oldi (kesim); 
Soʻz birikmasi tarkibidagi qismlar alohida-alohida soʻroqlarga 
javob boʻladi va boshqa-boshqa gap boʻlaklari vazifasini 
bajaradi. Masalan: Sanobar yangi daftar oldi. Nima qildi? – oldi 
(kesim), nimani oldi? – daftar[ni] (toʻldiruvchi). 
Qoʻshma fe‘l yoki soʻz birikmasi ekanligini aniqlash uchun 
birinchi qismga tushum kelishigi -ni qoʻshimchasini qoʻshib 


107 
qoʻllab koʻrish kerak. Birinchi qismni tushum kelishigi shakli 
bilan qoʻllash mumkin boʻlsa, soʻz birikmasi; mumkin boʻlmasa, 
ot + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘l hisoblanadi. Daftarni oldi deyish 
mumkin, ammo javobni oldi deb boʻlmaydi (javobni olish 
mumkin emas). 

Misollar 
1) Anvar sumkasiga kitob soldi. – soʻz birikmasi. 
2) Hamida qoʻrrqanidan dod soldi. – qoʻshma fe‘l. 
3) Ota farzandiga pul berdi. – soʻz birikmasi. 
4) Oʻqituvchi bolalarga ta‘lim berdi. – qoʻshma fe‘l. 
5) Quruvchilar shahar chekkasidan yangi uy qurdi. – soʻz 
birikmasi. 
6) Sinfdoshlar miriqib suhbat qurdi. – qoʻshma fe‘l. 
2) fe‟l + fe‟l tarkibli qoʻshma fe‟llar. 
Bunday qoʻshma fe‘llar ikkita fe‘lni qoʻshishdan hosil qilinadi. Masalan: borib 
kelmoq, olib kelmoq, sotib olmoq, kirib chiqmoq, ishlab chiqarmoq, ola kelmoq. 
Fe‘l + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘llarning birinchi qismi ravishdoshning -(i)b yoki 
-a shakllarini oladi, shu jihati bilan ular shaklan koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmalariga 
oʻxshaydi. Ular quyidagicha farqlanadi: 
Fe‟l + fe‟l tipidagi qoʻshma fe‟l va koʻmakchi fe‟lli soʻz qoʻshilmasining 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling