Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KELASI ZAMON SHAKLLARI
Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so‗ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe‘l asoslariga -a, -y, -(a)r qo‗shimchalarini va shaxs-son qo‗shimchalarini qo‗shish bilan hosil qilinadi. Bu shakllar ba‘zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o„qiydi. Undosh bilan tugagan fe‘l asoslariga kelasi zamonning -a, -ar, unli bilan tugagan fe‘l asoslariga -y, -r, bo‗lishsiz fe‘l shakllariga esa -s qo‗shimchasi qo‗shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo‗li bilan ifodalaydi. 6-misol. O‗tiraman, o‗tirasan, o‗tiradi; yashayman, yashaysan, yashaydi; izlarman, izlarsan, izlar. Kelasi zamon, shuningdek, -(a)jak, -ur, gusi, -gay shakllari bilan ham hosil qilinadi. Masalan: aytajak, kelur, oʻqigusi, borgay. Bu qoʻshimchalar kelasi zamonning yozma nutq uslublariga (koʻproq badiiy uslubga) xoslangan shakllaridir. Xususan -(a)jak qoʻshimchasida koʻtarinkilik, tantanavorlik ma‘nosi mavjud. 7-misol. Kelasi zamondagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 1. Har holda, menga o‗xshagan o‗yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi. (G„afur G„ulom) 2. Sen choyni jindek qo‗yib turib, chala qoldirgan yerlaringni supuratur, kelib qolar. (Cho„lpon) 3. Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‗lkalarga uchib ketadi. 4. Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. (U. Hamdam) 6. Mix bolg‗adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi. (Asqad Muxtor) -di shakli ham koʻpvazifali qoʻshimcha hisoblanadi. U qanday vazifa bajarayotganligi quyidagicha aniqlanadi: 1) -di shaklidan oldin fe‘lga zamonni bildiruvchi boshqa qoʻshimcha qoʻshilmagan boʻlsa va undan keyin shaxs-son qoʻshimchalari kelsa, u oʻtgan zamon 114 shakli hisoblanadi. Masalan: Samarqandda xalqaro konfrensiya boshlandi. / Kecha shaharga borib keldim. 2) -di shaklidan oldin fe‘lga zamonni bildiruvchi boshqa qoʻshimcha qoʻshilgan boʻlsa, xususan, undan oldin oʻtgan zamonning -(i)b, hozirgi zamonning - (a)yotib, kelasi zamonning -a, -y qoʻshimchalari kelgan boʻlsa, u III shaxs-son qoʻshimchasi hisoblanadi. Masalan: Shodiqul kecha uyiga qaytibdi. / Akam hozirda magistraturada oʻqiyotibdi. / Uning otasi universitetda ishlaydi. / Alijon ertaga togʻasinikiga boradi. 3) -di shaklidan oldin fe‘lga -gan, -(a)yotgan, -(a)r, -mas qoʻshimchalari qoʻshilgan boʻlsa, u edi toʻliqsiz fe‘lining qisqargan shakli hisoblanadi. Masalan: Biz oʻtgan yili Buxoroga borgandik – borgan edik. / Men u paytlarda maktabda oʻqiyotgandim – oʻqiyotgan edim. / Biz – ikki aka-uka terimchilarga ovqat olib borardik – olib borar edik. / Bunaqa fikr uning xayoliga hecham kelmasdi – kelmas edi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling