Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Kelasi zamon shakli orqali oʻtgan zamon ma‟nosining ifodalanishi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310
Kelasi zamon shakli orqali oʻtgan zamon ma‟nosining ifodalanishi 
№ 
Shakli: Kelasi zamon 
Ma‟nosi: Oʻtgan zamon 

Bir toʻyda Gulandomga koʻzi 
tushadi-yu, halovatini yoʻqotadi. 
(hikoya matnida qoʻllaniladi) 
Bir toʻyda Gulandomga koʻzi tushdi, 
halovatini yoʻqotdi. 

Koʻcha tomondan traktorning kelib 
toʻxtagani eshitiladi. Koʻp oʻtmay bir 
qop narsani orqalab Qoʻchqor kirib 
keladi. 
Koʻcha tomondan traktorning kelib 
toʻxtagani eshitildi. Koʻp oʻtmay bir qop 
narsani orqalab Qoʻchqor kirib keldi. 


116 

Aytishicha, oʻsha kuni akam ham u 
bilan birga boradi. 
Aytishicha, oʻsha kuni akam ham u bilan 
birga borgan. 
 
 
MAYL SHAKLLARI 
Fe‘l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma‘nolarini 
ifodalovchi fe‘l shakllari mayl shakllari sanaladi. Fe‘llarning uchta mayl shakli 
mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli. 
1-misol. 
O‗ynadim, o‗yna, o‗ynayapman, o‗ynaylik, o‗ynagin, o‗ynama, o‗ynasam, 
o‗ynasang, o‗ynasa edi.
XABAR MAYLI 
Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni 
bildiruvchi fe‘l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar mayli shakli maxsus 
qo‗shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo‗shimchalarini qabul qilgan fe‘llar 
xabar maylidagi fe‘llar sanaladi. 
 
2-misol. 
Gullagan, yashnamoqda, o‗ylashdi, o‗ynamayman, boribdi, oʻqiyapti, keladi, 
ishlar. 
3-misol. Xabar maylidagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Bola chaqqonlik bilan o‗zini suvga otdi. (S. Mengnorov) 2. Nigoraning qop-
qora ko‗zlari doimo chaqnab turadi, lablaridan tabassum arimaydi. (A. Azimova) 3. 
Kabob uchun shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo‗ydik. (P. Qodirov) 4. Otasi 
Qo‗qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo‗lib ishlagan. 
(Abdulla Qodiriy) 5. Cho‗pon gapiradi, xotini aytadi, o‗g‗li chaqiradi. (Sh. 
Xolmirzayev) 6. Kunduzi bo‗lishiga qaramay, birdan hamma yoq qop-qorong‗i bo‗lib 
ketdi. (P. Qodirov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling