Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Shart mayli shakli orqali buyruq-istak mayli ma‟nosining ifodalanishi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   310
Shart mayli shakli orqali buyruq-istak mayli ma‟nosining ifodalanishi 
№ 
Shakli: Shart mayli 
Ma‟nosi: Buyruq-istak mayli 

Endi yangi kanizaklari bor. Bunisiga 
ruxsat bersalar. Yoshi oʻtmay turib, bir 
joyga bersak… 
Endi yangi kanizaklari bor. Bunisiga 
ruxsat bering. Yoshi oʻtmay turib, bir 
joyga beraylik… 

Endi 
ijozat 
etsalar, 
bir-ikki 
soʻraydurgon gapimiz ham bor. 
Endi ijozat eting, bir-ikki soʻraydurgon 
gapimiz ham bor. 
 
 
 


119 
SHAXS-SON SHAKLLARI 
Fe‘lda ifodalangan harakat yoki holatning bajaruvchi shaxsini, bu shaxsning 
bitta yoki ko‗p ekanligini bildiruvchi shakllar shaxs-son shakllari sanaladi. 
Fe‘llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa 
zamon qo‗shimchalari shaxs ma‘nosini ham ifodalaydi. 
1-misol. 
Uxladim, uxlabman, uxlayman, uxlaganman, uxlayapman, uxlading, uxlabsan, 
uxlaysan, uxlagansan, uxlayapsan, uxladi, uxlabdi, uxlaydi, uxlagan, uxlayapti
uxladik. 
Shaxs-son shakllari 
I tuslanish 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 
Qoʻshilish oʻrni 

-m: keldim / kelsam -k: keldik / kelsak 
Oʻtgan zamonning -di va 
shart maylining -sa 
shakllaridan soʻng 
II 
-ng: kelding / 
kelsang 
-ngiz: keldingiz / 
kelsangiz 
III 
 : keldi / kelsa 
… (lar): keldilar / 
kelsalar 
 
II tuslanish 

-man: kelibman 
-miz: kelibmiz 
Oʻtgan zamonning -ib, -gan
Hozirgi zamonning -yap, -
moqda,
-(a)yotir, -(a)yotib
Kelasi zamonning -a / -y, -
(a)r,
-moqchi shakllaridan soʻng 
II 
-san: kelibsan 
-siz: kelibsiz 
III 
… / -di: kelibdi 
… (lar) / -di(lar): 
kelibdilar 
 
SHAXS-SON QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI 
Fe‘lning shaxs-son qoʻshimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini va bu 
shaxslarning miqdorini koʻrsatadi. Ammo bu qoʻshimchalarning qoʻllanishida bir 
qator uslubiy holatlar mavjud, bu holatlarda muayyan uslubiy ma‘nolar, ma‘no 
nozikliklari yuzaga keladi.
Xususan, soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning 
koʻplik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun qoʻllanadi, bunda kamtarlik 
yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi uslubiy ma‘nolarni ifodalaydi. Masalan: Mana 
keldik – dedi u ichki bir hayajon bilan. (Tohir Malik) Jahongir «Hozir koʻramiz» deb 
boshqaruv stoliga qaytdi. (Tohir Malik) Bu maqolni biz ham bilamiz, – dedi Shotoʻra. 
(Sh. Xolmirzayev)
Ikkinchi shaxsning birligi va koʻpligini ifodalovchi -san va -siz 
qoʻshimchalarining qoʻllanishidagi uslubiy holat shundan iboratki, -siz hurmat 
ifodalashga, ya‘ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan, -san esa «senlash»ga 


120 
ixtisoslashgan. Masalan: Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha 
narsani koʻrgansiz. (Sh. Xolmirzayev) Otingni qamchila, boʻlmasa, quruq qolasan! 
(Said Ahmad) 
Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati 
tugʻilganda -siz va -san qoʻshimchalariga -lar koʻplik qoʻshimchasi ham qoʻshiladi. 
Masalan: Voy, boʻylaringizga tasadduq. Xush kelibsizlar. (Said Ahmad) Nima, 
hammang mum tishlaganmisanlar, nega javob bermaysanlar? (Oʻ. Umarbekov) 
Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qoʻshimchasi ham hurmat ma‘nosini 
ifodalaydi, ayni paytda koʻpchilikni «sizlash» ma‘nosida -inglar, koʻpchilikni 
«senlash» ma‘nosida -laring qoʻshimchasi ishlatiladi. Masalan: Sizlar ketaveringlar, 
orqalaringdan yetib boraman! (Abdulla Qahhor) Bu bolaga yetti yot begona 
edilaring-ku! Amaldor boʻlgandan keyin gʻimirlab qoldirlaringmi? Qani, 
joʻnalaring! (Said Ahmad)

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling