Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
SHAXS NOMLARI
Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs nomlari sanaladi. Familiyalar shaxs ismidan so‗ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -yev(a)qo‗shimchasini qo‗shish (Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi. 1-misol: Toshev, Yo‗ldosh o‗g‗li, Xorazmiy, Ibn Sino, Sanobar Akbar qizi, Navoiy, Cho‗lpon. Shaxs nomlariga qoʻshilib keluvchi abdu-, -qul, -berdi, -xon, -jon, -boy, -oy, - bek, -xo„ja, -bonu kabi til birliklari kishi nomlari koʻrsatkichlari hisoblanadi, bu vositalar aslida soʻzlar boʻlsa-da, bugungi kunda qoʻshimcha deb qaraladi. JOY NOMLARI Ma‘lum bir geografik hududga atab qo‗yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o‗lka nomlari qo‗shma so‗z shaklida bo‗lganda, tarkibidagi har bir so‗z bosh harf bilan yoziladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Oʻrta Osiyo, Uzoq Sharq, Yuqori Chirichiq kabi. Tarkibida bo„yi, orti, oldi so‗zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‗shib yoziladi. Masalan, Orolboʻyi, Kavkazorti, Uraloldi kabi. 2-misol. Surxondaryo, Buloqboshi, To‗rtko‗l, Qorovulbozor, Amerika Qo‗shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Marjonbuloq, Jarqo‗rg‗on, Markaziy Osiyo, O‗zbekiston Respublikasi. 3- misol. Joy nomlarining tagiga chizilgan. 1. Jiydakapa do‗ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. (X. Sultonov) 2. Zahro «Tuproqqo‗rg‗on» darvozasiga yetib borganda, vaqt tushga yaqinlashib qolgan, kun iliq, havoda o‗rikgullari chirpirar edi. (U. Nazarov) 3. Balandmachitdan o‗tib, Beshyog‗ochga chiqamiz. (Oybek) 4. Xatirchiga borish uchun poyezddan Zirabuloq bekatida tushiladi. (G„. Salomov) 5. Qani endi, Yaypanga borsak, 123 Qudashga borsak, Buvaydaga borsak, Oqqo‗rg‗onga borsak, seni ham olib boraman. (Abdulla Qahhor) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling