Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Shartli nomlardan keyin nomli, nomidagi kabi soʻzlar qoʻllanilsa, bunday  nomlar qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Taqqoslang


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   310
 
Shartli nomlardan keyin nomli, nomidagi kabi soʻzlar qoʻllanilsa, bunday 
nomlar qoʻshtirnoqsiz yoziladi.
Taqqoslang: «Zarafshon» mehmonxonasi – Zarafshon nomli mehmonxona. 
Turli joy yoki muassasalar shaxs nomlari bilan atalsa ham qoʻshtirnoqsiz 
yoziladi. Masalan, «Bahor» teatri soʻzida muassasa nomi shaxs nomi emas, boshqa 
nom bilan atalgani uchun qoʻshtirnoq bilan yozildi. Hamid Olimjon teatri soʻzida esa 
muassasa nomi shaxs nomi bilan atalgani uchun qoʻshtirnoqqa olinmadi. 
Turli kitob, gazeta, film, spektakl nomlari esa shaxs nomlari bilan atalsa ham 
qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan, «Navoiy» romani, «Mashrab» spektakli kabi. 


124 
Taqqoslang: Navoiy kinoteatri – bu yerda muassasa shaxs nomi bilan atalgani 
uchun qoʻshtirnoqqa olinmadi. «Navoiy» romani – bu yerda badiiy asar (kitob) shaxs 
nomi bilan atalgani uchun qoʻshtirnoqqa olindi. 
 
5-misol.
O‗zbekiston Oliy Majlisi, «Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo‗mitasi, 
Oliy xo‗jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, «O‗qituvchi» 
nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo‗jaligi, O‗zbekiston Vazirlar 
Mahkamasi, «Nuroniy» jamg‗armasi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement 
zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat 
universiteti. 
 
TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI 
 
 
Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‗z bosh harf bilan 
yoziladi. 
 
6-misol.
Mamlakatimizdagi ayrim bayram nomlari:
1–yanvar — Yangi yil; 8–mart — Xalqaro xotin–qizlar kuni; 21–mart — 
Navro‗z bayrami; 9–may — Xotira va qadrlash kuni; 1–sentabr — Mustaqillik kuni; 
8–dekabr — Konstitutsiya kuni; 1-oktabr — O‗qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‗za 
hayiti; Qurbon hayiti (kunlari o‗zgarib turadi). 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling