Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   310
26-misol. 
 
Ovunch, tinchlik, xurramlik, ahillik, ahmoqlik, yupanch, yaxshilik, qoʻrqinch, 
yomonlik, o‗kinch, temirchilik, serobgarchilik. 
OTLARNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI 
Otlar tuzilishiga koʻra toʻrtta turga boʻlinadi: 
1) Sodda otlar; 2) Qoʻshma otlar; 3) Juft otlar; 4) Takroriy otlar. 
SODDA OTLAR 
Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar sodda ot hisoblanadi. Masalan: uy, yer, 
tosh, tuz, daraxt. 
 
27-misol.
 
Ota, ona, vaqt, oʻyin, daftar, uy, sinfdosh, zargar, supurgi, qiliq, dehqonchilik
Sodda otlar ham oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi: 
1) Sodda tub otlar.
Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmagan, boshqa soʻzlardan yasalmagan 
otlardir. Masalan, bogʻ, uy, kitob, gullar, darsni. 


131 
Sodda tub otlarning tarkibida faqat soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmasligi 
lozim, lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar boʻlishi mumkin. 
2) Sodda yasama otlar.
Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimchasi boʻlgan, affiksatsiya usuli bilan boshqa 
soʻzlardan yasalgan otlardir. Masalan, ishchi, gulzor, kitobxon, terim, paxtakor
QOʻSHMA OTLAR 
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar qo„shma ot sanaladi. Masalan: 
qo„lqop, oltingugurt, beshiktervatar. 
28-misol. 
Qo‗ziqorin, achchiqtosh, uchburchak, belkurak, belbog‗, tustovuq
to‗rtburchak, dunyoqarash. 
Qoʻshma otlar yozilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 
1) Qoʻshib yoziladigan qoʻshma otlar. 
a) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo‗shib 
yoziladi: qorbo‗ron, qizilishton, ko‗ksulton, kungaboqar, o‗rinbosar. 
b) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‗lgan atoqli otlar qo‗shib yoziladi: 
Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling