Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   310
Navoiy bilan Pushkin «Ona tilim o‗lmaydi». 
Turib keldi qabrdan. 
(E. Vohidov) 
SHAXS OTI YASOVCHI QO„SHIMCHALAR 
VA ULARNING IMLOSI 
Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -
(u)vchi, -lik qo‗shimchalarini qo‗shish yordamida yasaladi. -vchi qo‗shimchasi i 
unlisi bilan tugagan fe‘llarga qo‗shilganda, i unlisi u shaklida, a bilan tugagan 
fe‘llarga qo‗shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. 
Undosh bilan tugagan fe‘llarga -uvchi shaklida qo‗shiladi: quruvchi, suzuvchi. 
-lik qo‗shimchasi o‗rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo‗shilib, 
shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo‗shilgan -lik 
qo‗shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: 
samarqandlik, shaharlik. 
 
15-misol.
Ishchi, ijodkor, paxtakor, aravasoz, yo‗lsoz, tilshunos, g‗azalxon, yurtdosh, 
quroldosh, kaptarvoz, majlisboz, o‗quvchi, boshlovchi, shaharlik, samarqandlik. 
Shaxs oti yasovchi ayrim qoʻshimchalar: 
1) -chi: temirchi; 
2) -kor: paxtakor; 
3) -dor: mulkdor; 
4) -kash: aravakash; 
5) -soz: soatsoz; 
6) -lik: shaharlik; 
7) -(u)vchi: oʻquvchi, suzuvchi. 
8) -gar: zargar; 
9) -kar: miskar; 
10) -xon: kitobxon; 
11) -boz: dorboz; 
12) -paz: oshpaz; 
13) -bon: bogʻbon; 
14) -dosh: sinfdosh; 
15) -shunos: tilshunos; 
16) -doʻz: doʻppidoʻz.
NARSA OTLARI 
«Nima?» so‗rog‗iga javob bo‗lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga 
narsa otlari deyiladi. 
Narsa otlari va narsa nomlarini bir-biridan farqlash kerak. Narsa otlari atamasi 
turdosh otlarga nisbatan, narsa nomlari atamasi atoqli otlarga nisbatan qoʻllaniladi. 
Masalan: mushuk – narsa oti, Baroq – narsa nomi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling