Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Chorvachilik, chopiq, loygarchilik, terim, ko‗rik, yoshlik, ovoragarchilik,  bilim


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   310
 
Chorvachilik, chopiq, loygarchilik, terim, ko‗rik, yoshlik, ovoragarchilik
bilim.
 
22-misol. Faoliyat-jarayon otlarining tagiga chizilgan. 
1. O‗rindiqning bir chekkasida o‗tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib 
turardi. (Yo„ldosh Sulaymon) 2. Dadam kunduzi g‗o‗zani chopiq qilib juda 
charchagan ekan, sira uyg‗onmadi. (Murod Xidir) 3. Ta‘tilda o‗qituvchi opamiz 
sayohatga olib boradigan bo‗ldi. (Hakim Nazir) 4. Shofyorlik kursini bitirib, konda 
ishlay boshladim. (N. Normatov) 5. Yoshlikdagi gunohlari uchun yangamdan 
kechirim so‗ramoqchilar. (O. Yoqubov) 6. Otaqo‗zi bo‗lajak kuyovining bachkana 
qiliqlariga ichida bir g‗ijinib qo‗ydi. (O. Yoqubov) 
ANIQ VA MAVHUM OTLAR 
Sezgi a‘zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‗lgan narsalarni bildirgan otlarga 
aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hokazo. 
Sezgi a‘zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‗lmagan, tafakkur va tasavvur 
orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, 
aql, o„y, go„zallik va hokazo. 
Aniq otlar birlik va ko‗plik shaklida qo‗llana oladi, ammo mavhum otlar 
ko‗plik shaklida qo‗llanganda, asosan, ko‗plik ma‘nosi emas, balki ta‘kidlash, 
kuchaytirish ma‘nolari ifodalanadi. 
 
23-misol. 
Baxt, pari, farishta, uyqu, hayo, orzu – mavhum otlar; qalam, o‗rik, o‗t – aniq 
otlar. 
Aniq va mavhum otlarning asosiy farqli xususiyatlari quyidagilar: 
1) Aniq otlarni koʻrish mumkin, mavhum otlarni esa koʻrib boʻlmaydi. 
Masalan, daraxt – aniq ot; tuygʻu – mavhum ot. 
2) Aniq otlarni sanash mumkin, mavhum otlar esa koʻpincha sanalmaydi. 
Masalan, oʻnta daraxt deyish mumkin, ammo oʻnta tuygʻu deb qoʻllab boʻlmaydi. 


130 
3) Aniq otlar hamma uchun birday boʻlgan, oʻzgarmas narsalarning nomini 
bildiradi, mavhum otlar ifodalagan tushunchalar esa hammaga birdek boʻlmaydi va 
ular bildirgan ma‘nolarni hamma birdek qabul qilmaydi. Masalan, kitob soʻzini 
olaylik. Deylik, siz qoʻlingizda kitob ushlab turibsiz, bu narsa siz uchun ham, boshqa 
barcha uchun ham kitobdir. Uni hamma birdek, hech shubhasiz kitob deb qabul 
qiladi, chunki uning kitobligi hammaga aniq koʻrinib turibdi. Endi mavhum ot 
boʻlgan goʻzallik soʻziga e‘tibor bering. Siz uchun tongning otishi goʻzallik boʻlsa, 
boshqa uchun bu hodisa goʻzallik boʻlmasligi mumkin yoki kim uchundir goʻzal 
insonni, boshqalar goʻzal deb hisoblamasligi mumkin. Demak, mavhum otlar 
ifodalagan tushunchalarni hamma birday qabul qilmaydi. 
Faoliyat-jarayon otlarining barchasi mavhum otlar sanaladi. 
24-misol. Mavhum otlarning tagiga chizilgan. 
1. Hasad – yurakning zanglashi, qaysarlik mag‗lubiyat sababchisidir. 2. 
Oyog‗ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa boshingizga falokat 
keltiradi. 3. Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 4. Narsa deb odamlar e‘tiboridan qolish 
yomon. 5. Hayo qalbning haqiqiy ko‗zgusidir. («Sharq hikmatlari»dan)
25-misol. Mavhum otlarning tagiga chizilgan. 
1. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‗ayrat, ham dadillik baxsh etgandek 
bo‗ldi. (X. To„xtaboyev) 2. Qirlarning g‗ir-g‗ir shamoli, o‗pkalarga moydek tuyulgan 
totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko‗tarib yubordi. (Oybek) 3. Osmon hadsiz, 
ufqlar, qirlar jimirlaydi zarrin yog‗duda. Osmon kabi tiniq tuyg‗ular mavj uradi bu 
yosh ko‗nglimda. (Z. Nazarova) 
Mavhum otlar -lik, -ch, -inch, -chilik, -garchilik qo‗shimchalari yordamida 
yasaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling