Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   310
 
16-misol.
Arslon, boychechak, sho‗rva, ko‗ylak, do‗ppi, bo‗ri, qozon, go‗sht, pichoq, 
qoshiq, tesha, palto, tulki, arra, bolta, chuchvara, ketmon, choynak, piyola, rayhon, 
yalpiz, yulduz, sher, ayiq, lola, palov, shim, cho‗mich. 
 
 
 
 


128 
NARSA OTI YASOVCHI QO„SHIMCHALAR 
VA ULARNING IMLOSI 
Narsa otlari -gich (-qich, -kich, -g„ich), -gi (-qi, -ki, -g„i), -k, -q, -oq, -(i)ndi, -
ma, -don va boshqa qo‗shimchalar yordamida yasaladi. -q qo‗shimchasi a unlisi bilan 
tugagan fe‘llarga qo‗shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday 
yoziladi: bo„ya+q=bo„yoq kabi. 
 
17-misol. 
O‗roq, taroq, tugma, suzma, qirg‗ich, suzgich, guldon, elak, supurgi, achitqi, 
qurilma, ochqich, qo‗lyozma, quymoq, suvdon, kiyim, o‗chirg‗ich, yelpig‗ich, tutatqi, 
bezak, qisqich, to‗plam, ekin. 
 
Narsa oti yasovchi ayrim qoʻshimchalar: 
1) -don: guldon; 
2) -k: elak; 
3) -q: taroq; 
4) -oq: oʻroq; 
5) -gi: supurgi, 
6) -ma: tortma; 
7) -iq: chiziq; 
8) -m: toʻplam; 
9) -im: kiyim; 
10) -a: sharshara; 
11) -(i)ndi: yigʻindi; 
12) -gich: suzgich; 
13) -kich: keskich; 
14) -qich: tutqich; 
15) -gʻich: chizgʻich; 
16) -chiq: suyanchiq; 
17) -qi: tutatqi; 
18) -ki: tepki; 
19) -moq: quymoq; 
20) -ak: qarsak.
OʻRIN-JOY OTLARI 
«Qayer?» so‗rog‗iga javob bo‗lib, o‗rin-joy ma‘nosini bildiruvchi otlar o‗rin-
joy otlari sanaladi. Bunday otlar o‗rin-joy ma‘nosi bilan birga narsalik ma‘nosini ham 
bildiradi, shuning uchun «qayer?» so‗rog‗i bilan birga «nima?» so‗rog‗ini olishi ham 
mumkin. 
-zor, -loq, -iston, -goh qo‗shimchalari o‗rin-joy otlarini yasaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling