Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   310
31-misol.
Olma – olmalar, qalam – qalamlar, maktab – maktablar, suv – suvlar, uy – 
uylar.
Otlarning koʻplik shakli -lar ikki xil vazifa bajaradi. 
1) grammatik koʻplik; 
2) uslubiy vazifa. 
Agar -lar qoʻshimchasi koʻplik ma‘nosini bildirsa, bu uning asl oʻz vazifasi
ya‘ni grammatik vazifasi hisoblanadi. Masalan, bolalar, kitoblar, daraxtlar kabi. 
Agar -lar qoʻshimchasi koʻplik ma‘nosini emas, boshqa ma‘nolarni bildirsa, bu 
uning uslubiy vazifasi hisoblanadi.
Ko‗plik qo‗shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma‘nosidan tashqari turli 
qo‗shimcha ma‘no nozikliklari, uslubiy ma‘nolarni ifodalashga xizmat qiladi. 
Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‗rsatilgan holatlarda bu qo‗shimchaning 
qo‗llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o„nta kitoblar tarzidagi birikmada 
odatdagi ko‗plikni ifodalovchi -lar qo‗shimchasi noto‗g‗ri ishlatilgan, uslubiy 
jihatdan to‗g‗risi o„nta kitob bo‗lishi kerak. 
Ko‗plik qo‗shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda 
hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta‘kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi 
turli uslubiy ma‘nolarni ifodalash uchun ham qo‗llanadi. Masalan: Dadam keldilar 
(hurmat); Yigitcha «botir» bo„lib keldilar (kinoya); Bolalar quvonchlarga to„ldi 
(kuchaytirish); Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi. 
-lar qoʻshimchasi, asosan, quyidagi uslubiy ma‘nolarni ifodalaydi: 
1) Hurmat.
-lar qoʻshimchasi qarindoshlikni bildiruvchi ayrim shaxs otlari (ota, ona, opa, 
singil, xola, togʻa)ga I va II shaxs egalik qoʻshimchalaridan keyin qoʻshilsa, hurmat 
ma‘nosini bildiradi. Masalan: 


133 
Opamlar keldi. – bir nechta opasi emas, bitta opasi kelgan. I shaxs egalik 
qoʻshimchasi -m dan keyin kelgan -lar opaga hurmatni ifodalash uchun qoʻllangan. 
Opanglar keldi. – bir nechta opasi emas, bitta opasi kelgan. II shaxs egalik 
qoʻshimchasi -ng dan keyin kelgan -lar opaga hurmatni ifodalash uchun qoʻllangan. 
Bunday otlarga -lar qoʻshimchasi egalik qoʻshimchalaridan oldin qoʻshilsa, 
koʻplik ma‘nosini bildiradi va oʻz vazifasini bajaradi. Masalan: 
Opalarim keldi. – bir nechta opasi kelgan. I shaxs egalik qoʻshimchasi -im dan 
oldin kelgan
-lar koʻplik ma‘nosini ifodalagan. 
Opalaring keldi. – bir nechta opasi kelgan. I shaxs egalik qoʻshimchasi -ing 
dan oldin kelgan
-lar koʻplik ma‘nosini ifodalagan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling