Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
) Ma‟noni kuchaytirish, ta‟kidlash
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Umumlashtirish.
- 4) Tur, nav, xil.
- 5) Chama, taxmin.
2) Ma‟noni kuchaytirish, ta‟kidlash.
-lar qoʻshimchasi inson tana a‘zolari nomi va mavhum otlarga qoʻshilganda ma‘noni kuchaytirish va ta‘kidlash vazifasini bajaradi. Masalan: koʻzim tolib ketdi. – koʻzlarim tolib ketdi. Quvonchim ichimga sigʻmas edi. – Quvonchlarim ichimga sigʻmas edi. 3) Umumlashtirish. -lar qoʻshimchasi atoqli otlarga, xususan, shaxs va joy nomlariga qoʻshilganda ma‘noni umumlashtirish vazifasini bajaradi. Masalan: Yosh oybeklar bayrogʻin koʻtaraylik balandga. Samarqandlarni bir tomosha qilib kelmaymizmi? Bugun Jamshidlarnikida toʻy boʻlyapti. (Bu gapda Jamshid soʻziga qoʻshilgan -lar qoʻshimchasi bir nechta Jamshidni bildirmagan, balki Jamshid va uning oila a‘zolarini umumlashtirib ifodalagan.) 4) Tur, nav, xil. -lar qoʻshimchasi donalab sanab boʻlmaydigan otlarga qoʻshilganda oʻsha narsaning tur-navini va xilma-xil ekanligini bildiradi. Masalan: Korxonamizda ichimliklar ishlab chiqarilmoqda. Doʻkonda yogʻlar sotilmoqda. (Bu gapda yogʻ soʻziga qoʻshilgan -lar qoʻshimchasi yogʻning har xil turini – paxta yogʻi, zigʻir yogʻi, oʻsimlik yogʻini bildirgan.) 5) Chama, taxmin. -lar qoʻshimchasi payt va masofani bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilganda chama, taxmin ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Bekatgacha yana besh yuz metrlar yurasiz. Majlis soat beshlarda tugadi. 32-misol. -lar qoʻshimchasining qanaqa soʻzlarga qoʻshilib, qanday uslubiy ma‘no ifodalayotganiga e‘tibor bering. 1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‗zal hikoya asrlar bo‗yi yashab kelmoqda. (Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. (O„. Umarbekov) 3. Qizlar o‗zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar. (Abdulla Qodiriy) 4. Gulshanlar kirgan hovli «qirq qizlar» deb atalar edi. (Abdulla Qodiriy) 5. Ham yana Erhubbi bo‗ladur tag‗o, Ammamizning erlaridur Nurato (Muqimiy) 6. Yosh oybeklar bayrog‗in ko‗taraylik balandga. (A. Oripov) 7. Egila berib-egila berib, bellarim og‗rib ketdi, kapitan uka. (Tog„ay Murod) 7. Opa, akamlarga bir bog‗ni ko‗rsatib chiqaman, maylimi? (O„. Umarbekov) 8. U ellik 134 yoshlarni qoralab qolgan, yuzlaridabitta ham ajini yo‗q, ko‗hlik ayol edi. (Said Ahmad) 9. So‗fi jim qoldi. Hatto ko‗zlariga yosh kelganday bo‗ldi. (Cho„lpon) 10. Har bir kunda bir buyuk mazmun, Quyosh to‗kar boshlaringga zar, Tojixonlar tongi boshlangan Farg‗onadan Amuga qadar... (Hamid Olimjon) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling