OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH SHAKLLARI
Otlarning -cha, -choq, -chak, -(a)loq, -kay kabi qo‗shimchalarni olgan shakli
kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon, -xon, -oy kabi qo‗shimchalarni olgan
shakli esa erkalash shakli hisoblanadi.
33-misol.
Kitob – kitobcha, uy – uycha, baliq – baliqcha, daftar – daftarcha, ro‗mol –
ro‗molcha, bolam – bolaginam, do‗ndig‗im – do‗ndiqcham, kelin – kelinchak, uka –
ukajon, oyi – oyijon, Salima –Salimaxon, Turg‗un – Turg‗unoy.
Otlarning
kichraytirish-erkalash
shakllarining
koʻpchiligi
shakldosh
qoʻshimchalar sanaladi. Shuning uchun bu qoʻshimchalarni xuddi shunday shaklga
ega boshqa qoʻshimchalardan farqlash lozim.
№
Qoʻshimcha
Vazifasi
Misol
-gina qoʻshimchasi
1
1
-gina
otlardagi erkalash va achinish
shakli / lugʻaviy shakl yasovchi
qizgina, bolagina
2
-gina
ayiruv-chegaralov yuklamasi
Rustamgina darsga
kelmadi.
-loq qoʻshimchasi
2
1
-loq
ot yasaydi / soʻz yasovchi
qoʻshimcha
oʻtloq, toshloq
2
-loq
otlarning kichraytirish-erkalash
shakli / lugʻaviy shakl yasovchi
boʻtaloq
-cha qoʻshimchasi
3
1
-cha
ot yasaydi / soʻz yasovchi
qoʻshimcha
tushuncha
2
-cha
sifat yasaydi / soʻz yasovchi
qoʻshimcha
fargʻonacha
3
-cha
ravish yasaydi / soʻz yasovchi
qoʻshimcha
oʻzicha
4
-cha
otlarning kichraytirish-erkalash
shakli / lugʻaviy shakl yasovchi
uycha
Do'stlaringiz bilan baham: |