Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   310
OZAYTIRMA DARAJA 
Belgining me‘yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma 
daraja shakli hisoblanadi.
Sifatning ozaytirma daraja shakli quyidagi yo‗llar bilan hosil bo‗ladi: 
1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, picha, xiyla, nim, och 
so‗zlarini qo‗shish orqali hosil qilinadi: sal katta, biroz qiyin, picha keng, xiyla tor, 
och sariq. 


142 
2) rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarga -(i)mtir, -ish qoʻshimchalarini qoʻshish 
orqali hosil qilinadi: qoramtir, koʻkimtir, oqish. 
 
16-misol. Ozaytirma darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. U duduq, xiylagina duduq bo‗lishiga qaramay sho‗x, xushchaqchaq
yaxshigina askiya ham qilar ekan. (Abdulla Qahhor) 2. Xira yorug‗ ichkariga 
to‗kiladi, gugurtcho‗p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq 
kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko‗zlarini bir zum yoritib, asta-asta pasayib 
o‗chadi. (N. Tilabov) 3. Kalishlarni kiyib olaman. – Sag‗al katta-ku! – deyman 
sevinganimdan entikib. (Oybek) 4. Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. 
(Ertakdan) 
Ozaytirma daraja -(i)mtir, -ish qoʻshimchalari yordamida hosil qilinganda 
rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarda fonetik oʻzgarishlar roʻy beradi. Buni quyidagi 
jadvalda koʻrish mumkin: 
№ 
Ozaytirma darajaning hosil 
qilinishi 
Fonetik oʻzgarishlar 

Sariq + ish = sargʻish 
2 ta: i tovushining tushishi va q ning  ga 
almashishi. 

Sariq + imtir = sargʻimtir 
2 ta: i tovushining tushishi va q ning  ga 
almashishi. 

Qizil + ish = qizgʻish 
2 ta: il qismining tushishi va  ning ortishi 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling