Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. (O‗. Umarbekov) 2. Uning chaqnoq
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -mand
- -gʻoq
- SODDA SIFATLAR Faqat bir asosdan tarkib topgan sifatlar sodda sifat hisoblanadi. Masalan: qiyin, shirin, katta, aqlli, mehnatkash. 7-misol.
iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. (O‗. Umarbekov) 2. Uning chaqnoq
ko‗zlari, siyrak qoshi, o„ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. (Yo‗ldosh Sulaymon) 3. G‗iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. (N. Fozilov) 4. Mehmon degan unaqa sergap bo‗lmaydi, – dedi u ayyorlarcha kulib. (Said Ahmad) 5. Bo‗m-bo‗sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. (O‗. Hoshimov) 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. (P. Qodirov) -gi (-ki, -qi) qo‗shimchasi asosan ot va ravishlardan sifat yasaydi. Bu qoʻshimcha orqali yasalgan sifatlarni ravishlardan farqlash lozim. Taqqoslang: hozir, bugun, kecha, avval, oldin, dastlab – ravish; hozirgi, bugungi, kechagi, avvalgi, oldingi, dastlabki – sifat. -(v)iy qo‗shimchasi bilan yasalgan yasama sifatlarni ham tub sifatlardan farqlash kerak. Agar -(v)iy dan oldingi qism yakka qoʻllana olsa, bu soʻz yasama sifat hisoblanadi. Masalan: tarixiy – tarix yakka qoʻllana oladi, kimyoviy – kimyo yakka qoʻllana oladi. Agar -(v)iy dan oldingi qism yakka qoʻllana olmasa, bu soʻz tub soʻz deb qaraladi. Masalan: jismoniy – jismon yakka qoʻllana olmaydi, tilimizda bunday soʻz yoʻq, siyosiy – siyos yakka qoʻllana olmaydi, tilimizda bunday soʻz yoʻq. Sifat yasovchi ayrim qoʻshimchalar: 1) -li: aqlli; 2) -siz: aqlsiz; 3) -gi: yozgi; 4) -ki: ichki; 5) -qi: oʻyna + qi = oʻynoqi 6) ser-: sersuv; 7) ba-: batartib; 8) -i: jannati; 9) -aki: ogʻiz + aki = ogʻzaki; 10) -simon: sharsimon; 11) -don: bilimdon; 12) -in: toʻlin; 13) -mand: davlatmand; 14) -kash: dilkash; 138 15) no-: noaniq; 16) -lik: qishlik; 17) -yi: fidoyi; 18) be-: bexabar; 19) -dor: xabardor; 20) -(v)iy: qiyosiy, ommaviy; 21) -chan: oʻychan; 22) -kor: gunohkor; 23) -parvar: xalqparvar; 24) -parast: mansabparast; 25) -xoʻr: gʻamxoʻr; 26) -chi: a‘lochi; 27) -gir: sezgir; 28) -kir: keskir; 29) -qir: chopqir; 30) -gʻir: olgʻir; 31) -choq: maqtanchoq; 32) -chak: kuyunchak; 33) -chiq: qizgʻanchiq; 34) -q: achi + q = achchiq / sasi + q = sassiq; 35) -iq: siniq; 36) -uq: yumuq; 37) -ma: yasama; 38) -a: toʻla; 39) -qin: sotqin; 40) -gʻin: soʻlgʻin; 41) -kun: tushkun; 42) -gʻun: turgʻun; 43) -k: chirik; 44) -ik: oʻlik; 45) -qoq: tirishqoq; 46) -gʻoq: toygʻoq; 47) -ch: tinch; 48) -mas: yengilmas; 49) -oq: qoʻrqoq; 50) bar-: barkamol. SIFATLARNING TUZILISHIGA KO„RA TURLARI Sifatlar tuzilishiga koʻra toʻrtta turga boʻlinadi: 1) Sodda sifatlar; 2) Qoʻshma sifatlar; 3) Juft sifatlar; 4) Takroriy sifatlar. SODDA SIFATLAR Faqat bir asosdan tarkib topgan sifatlar sodda sifat hisoblanadi. Masalan: qiyin, shirin, katta, aqlli, mehnatkash. 7-misol. baland, qora, mehribon, toʻgʻri, noaniq, behisob, iboli, sovuq, tinch, qishki. Sodda sifatlar ham oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi: 1) Sodda tub sifatlar. Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmagan, boshqa soʻzlardan yasalmagan sifatlardir. Masalan, buyuk, oddiy, oq, koʻkish, qoraroq. Sodda tub sifatlarning tarkibida faqat soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmasligi lozim, lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar boʻlishi mumkin. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling