Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   310
2) Sodda yasama sifatlar.
Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimchasi boʻlgan, affiksatsiya usuli bilan boshqa 
soʻzlardan yasalgan sifatlardir. Masalan, ishonchli, suvsiz, notabiiy, ayrim, 
maqtanchoq. 
 
 


139 
QOʻSHMA SIFATLAR 
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo„shma sifat hisoblanadi. 
Qo‗shma sifatlar, asosan, qo‗shib yoziladi. Masalan: kamquvvat, sheryurak
bodomqovoq.
8-misol. 
Erksevar, ochko‗z, kulrang, mehmondo‗st, devqomat, sheryurak. 
9-misol. Qoʻshma sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‗ynaydi. (P. Qodirov) 
2. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor 
kurashdi. (B. Ahmedov) 3. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‗oyalar 
bilan uyg‗unlashib ketgan. (S. Olimov) 4. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‗ishlaydi. 
(Rahmon Qo„chqor) 5. Ona yerning xushbo‗y tafti mast qiladi kishini. (E. Oxunova) 
6. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq 
bo‗lsa, bu xushqad, xushsurat. (O. Yoqubov) 
 
Har kun, har doim kabi qoʻshma ravishlardan -gi qoʻshimchasini qoʻshish 
orqali yasalgan har kungi, har doimgi kabi qoʻshma sifatlar ajratib yoziladi. 
JUFT SIFATLAR 
O‗zaro yaqin yoki zid ma‘noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‗lgan sifat 
juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. 
Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‗lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu 
yagona. 
 
10-misol.
Qing‗ir-qiyshiq, g‗adir-budur, egri-bugri, katta-kichik, eski-tuski, arzon-garov, 
o‗ydim-chuqur, alg‗ov-dalg‗ov, yakkam-dukkam, past-baland, yaxshi-yomon. 
11-misol. Juft sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik – nodonlar ishi. 2. Goho-
goho keladigan uzuq-yuluq xabarlardan boshqa aloqa yo‗q. (O. Yoqubov) 3. Sehrli 
qalPoq axtarib eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv 
qilib yurgan edim. (X. To‗xtaboyev) 4. Mayda-chuyda narsalar tugilgan ro‗molni 
ko‗tarib qorovulxonaga kirdi. (N. Yoqubov) 5. Mahallaning qora-qura bolalari 
shoxdan shoxga tirmashadi. (O„. Hoshimov)
 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling