Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310
22-misol. 
1. Yomonning bir qilig‗i ortiq. / Yomon odamning bir qilig‗i ortiq. 2. Dono – 
durdan a‘lo. / Dono odam – durdan a‘lo. 3. Baxilning qo‗lida oy bo‗lsa, olamni 
yoritmas. / Baxil odamning qo‗lida oy bo‗lsa, olamni yoritmas 4. Kattaga katta bo‗l, 
kichikka – kichik. / Katta odamga katta bo‗l, kichik odamga – kichik. 5. Hunarli 
o‗lmas, hunarsiz kun ko‗rmas. / Hunarli odam o‗lmas, hunarsiz odam kun ko‗rmas 6. 
Achchiqni achchiq kesar. / Achchiq narsani achchiq narsa kesar. 
SIFATLARNI BOSHQA SOʻZ TURKUMLARIDAN FARQLASH 
 
Oʻzbek tilida bir qator soʻz turkumlari belgi ma‘nosini bildiradi va koʻpincha 
ular ham sifatlar kabi «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻlishi mumkin. Shu 
tufayli ularni sifatlardan farqlash lozim. Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling: 
Belgi ma‟nosini bildiruvchi va «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob 
boʻlishi mumkin boʻlgan soʻz turkumlarining bir-biridan farqlanishi 
№ 
Turkum 
Misollar 
Izoh 

Sifat 
uzun yoʻlak, 
siniq piyola, 
chiroyli 
koʻylak.
Sifatlar predmetlarning xususiyati, hajm-oʻlchovi, 
rang-tusi, maza-ta‘mi, hidi va oʻrin-vaqtga xos 
belgilarini bildiradi.

Ot 
tosh yoʻlak, 
yogʻoch 
qoshiq, atlas 
koʻylak 
Ba‘zan bir ot ikkinchi otning oldidan kelganda 
birinchi ot ikkinchi otning belgisini bildiradi va sifat 
kabi «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob 
boʻladi, sifatning vazifasini bajaradi. Bunday otlar 
sifat vazifasini bajargan otlar hisoblanadi. 
Masalan, tosh yoʻlak birikmasida tosh ham, yoʻlak 
ham ot boʻlib, yoʻlak soʻzidan oldin kelgan tosh 
soʻzi belgi ma‘nosini bildirgan va «qanday?» 
soʻrogʻiga javob boʻlgan (qanday yoʻlak? – tosh 
yoʻlak). Bunday holatlarda otlar sifatlarga oʻxshash 
boʻlib qoladi. Ular quyidagicha farqlanadi: 
1. Sifatlar doimo, ya‘ni nutqdan tashqarida yakka 
oʻzi kelganda ham (uzun kabi), nutq tarkibida 
boshqa soʻzlarga bogʻlanib kelganda ham (uzun 
yoʻlak kabi) belgi ma‘nosini bildiradi va «qanday?» 
«qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻladi. Shuning 
uchun uzun yoʻlak birikmasida uzun – sifat. 
2. Sifat vazifasini bajargan otlar esa faqat nutq 
tarkibidagina «qanday?» soʻrogʻiga javob boʻladi 
(qanday yoʻlak? – tosh yoʻlak kabi), nutqdan 
tashqarida yakka oʻzi kelganda «nima?» soʻrogʻiga 


147 
javob boʻladi (tosh – nima?). Shuning uchun tosh 
yoʻlak birikmasida tosh sifat emas, ot. 
Demak, sifat vazifasini bajargan otlarni haqiqiy 
sifatlardan farqlash uchun ularni nutqdan tashqariga 
chiqarib, yakka oʻziga savol berish lozim. 

Sifatdosh 
singan 
piyola, 
kiyilgan 
koʻylak 
Sifatdoshlar fe‘l turkumiga mansub soʻzlar boʻlib, 
fe‘l asoslariga
-gan, 
-(a)yotgan, 
-adigan, 
-ydigan, 
-(a)r 
qoʻshimchalarini qoʻshish orqali hosil qilinadi: oʻqi 
– oʻqigan (bola), oʻyna – oʻynayotgan (qiz), ishla – 
ishlaydigan (ishchi), oq – oqar (daryo). 

Ravish 
tez gapirdi, 
doʻstona 
xayrlashdi. 
Sifat va ravishlar asosan quyidagicha farqlanadi: 
1) Sifatlar asosan narsa-predmetning, ya‘ni otning 
belgisini bildirsa, ravishlar harakat-holatning, ya‘ni 
fe‘lning belgisini bildiradi. Masalan: qiziqarli kitob; 
sekin oʻqimoq. 
2) Sifatlar xususiyat, hajm-oʻlchov, rang-tus, maza-
ta‘m, hid va oʻrin-vaqtga xos belgi ma‘nolarini 
bildirsa, ravishlar holat, payt, oʻrin, sabab, maqsad, 
daraja-miqdor kabi belgilarni ifodalaydi. 
5 Ravishdosh 
berilib 
hikoya qildi, 
yigʻlab aytib 
berdi. 
Ravishdoshlar fe‘l turkumiga mansub soʻzlar boʻlib, 
fe‘l asoslariga -(i)b, -a /-y, -gach, -guncha, -gancha, 
-gani qoʻshimchalarini qoʻshish orqali hosil 
qilinadi: qiynalib yurmoq, shoshib kelmoq, oʻtirib 
oʻqimoq. 

Taqlid soʻz 
qars-qurs 
ovoz, lip-lip 
holat 
Sifatlar xususiyat, hajm-oʻlchov, rang-tus, maza-
ta‘m, hid va oʻrin-vaqtga xos belgi ma‘nolarini 
bildirsa, taqlid soʻzlar esa faqat ovoz va holat 
ma‘nolarini ifodalaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling