148
SONLARNING MA‟NO GURUHLARI
Sonlar narsalar,
belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini
bildiradi. Shunga ko‗ra sonlar ikki guruhga bo‗linadi:
1) miqdor sonlar;
2) tartib sonlar.
MIQDOR SONLAR
Narsa-predmetlar,
belgi-xususiyatlar,
harakat
holatlarning
miqdorini
bildiruvchi sonlar
miqdor sonlar deyiladi. Miqdor sonlar ma‘lum
miqdorni turli xil
tarzda ifodalashi mumkin, shuning uchun miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga
ko‗ra quyidagi olti turga boʻlinadi: 1) sanoq sonlar; 2) dona sonlar; 3) chama sonlar;
4) taqsim sonlar; 5) jamlovchi sonlar; 6) kasr sonlar.
SANOQ SON
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar
sanoq sonlar deyiladi.
Sanoq sonlar yozuvda,
ko‗pincha, arab raqami bilan yoziladi.
Sanoq son sonning bosh shakli hisoblanadi, sonning
qolgan barcha turlari
sanoq sonlarga ma‘lum vositalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: