Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol.  Bir, ikki, uch, oʻn, yigirma, qirq sakkiz, oltmish toʻrt, yetmish, yuz, ming.  3-misol


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310
2-misol. 
Bir, ikki, uch, oʻn, yigirma, qirq sakkiz, oltmish toʻrt, yetmish, yuz, ming. 
3-misol. Sanoq sonlarning tagiga chizilgan. 
1. Yetti o‗lchab, bir kes. (Maqol) 2. Qishpolvon o‗z vazifasini uch oy ichra 
o‗tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o‗tarkan. (Po„lat Mo„min) 3. 
Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi 
ortiqcha ekan. (Asqad Muxtor) 4. Ular yana besh qadam bosishgach, o‗ra labiga 
kelishdi. (Tohir Malik) 5. Bu sopol ko‗za-chi, so‗zimga ishon, Sodiq xizmat qildi 
ming yil odamga. (Qodir Dehqon) 
DONA SON 
Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular -
ta qo‗shimchasi yordamida hosil qilinadi. 
Donalash ma‘nosi -ta qo‗shimchasidan tashqari dona so‗zi bilan ham 
ifodalanadi. 
Narsalarning turini ta‘kidlash uchun bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup 
(o‗simliklar), litr (suyuqlik), gramm (og‗irlik) kabi so‗zlar ham ishlatiladi. 
4-misol. 
Bitta, beshta, oʻnta, oʻttizta, yuzta, mingta; toʻrt dona, besh nafar, oʻn bosh, yuz 
tup. 
Bir sonidan dona son hosil qilinganda son asosida tovush almashishi roʻy 
beradi: bir + ta = bitta. 


149 
Dona sonning hosil qilinishi 
№ 
Vosita 
Izoh 
Misol 

-ta qoʻshimchasi 
bilan 
oʻnta kitob.

Hisob (oʻlchov) 
soʻzlar bilan: 
a) nafar; 
Shaxslarga nisbatan 
qoʻllaniladi. 
besh nafar talaba – beshta talaba 
b) bosh; 
Hayvonlarga 
nisbatan 
qoʻllaniladi. 
oʻn bosh qoʻy – oʻnta qoʻy 
d) dona; 
Narsalarga nisbatan 
qoʻllaniladi. 
uch dona kitob – uchta kitob. 
e) tup; 
Oʻsimliklarga 
nisbatan 
qoʻllaniladi. 
oʻn tup koʻchat – oʻnta koʻchat 
f) litr; 
Suyuqlikka nisbatan 
qoʻllaniladi. 
Oʻn litr benzin quying. – Oʻnta 
benzin quying. 
g) gramm. 
Ogʻirlikka nisbatan 
qoʻllaniladi. 
Yuz gramm-yuz gramm ichdik. 
Yuzta-yuzta ichdik. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling