10-misol.
toʻrttadan, beshtadan, oʻntadan, yuztadan, mingtadan.
11-misol. Taqim sonlarning tagiga chizilgan.
1. Azim har yelkasiga to‗rttadan odam sig‗adigan yigit bo‗libdi. (Abdulla
Qahhor) 2. Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. (Ertakdan) 3. U bu yilgi
bahorda har yuz ona qo‗ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‗l qo‗zisi oldi. (G„afur
G„ulom) 4. Eshakning ustiga ikkitadan bo‗lib mindik. (X. To„xtaboyev) 5. Ular
ikkitadan bo‗lib saf tortishdi.
Sanoq sondan keyin kelgan ayrim hisob soʻzlarga -dan qoʻshimchasining
qoʻshilishi orqali ham taqsim son hosil qilinishi mumkin. Masalan: Har birining
oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non, bir choynakdan choy qo„yib chiqdim. (M.
Abdullayev)
KASR SONLAR
Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Butun
miqdorni bildiruvchi qism ko‗pincha chiqish kelishigida keladi: o„ndan bir, uchdan
ikki.
, , ifodalari ikkidan bir, to„rtdan bir, sakkizdan bir tarzida, shuningdek,
yarim, chorak, nimchorak tarzida o‗qiladi.
12-misol.
Chorak, yarim, nimchorak, beshdan bir, uchdan ikki, oltidan ikki, oʻndan uch.
13-misol. Kasr sonlarning tagiga chizilgan.
1. Bolalar eshaklarga yem berib, o‗zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha
yarim soatcha vaqt o‗tdi. (O. Yoqubov) 2. O‗zbekiston Respublikasi maydonining
qariyb beshdan to‗rt qismi tekislik, oz qismi tog‗, adir va tog‗oldidan iborat.
(«O„zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»dan) 3. Yo‗lning kengligi 10,5 metrni tashkil
qiladi. 4. Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
Yarim soʻzi ishtirok etgan har qanday son kasr son hisoblanadi. Masalan: besh
yarim, sakkiz yarim, oʻn yarim.
Do'stlaringiz bilan baham: |