Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310
KISHILIK OLMOSHLARI 
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. 
So‗zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha 
shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‗zga, ya‘ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. 
Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik 
olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‗plik 
ma‘nosini bildiradi. 
Ba‘zan biz, siz, ular birlik ma‘nosida ham qo‗llaniladi. Biz birlik ma‘nosida 
qo‗llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‗zini ta‘kidlamaslik ma‘nosini bildiradi. 


158 
Masalan: Mening uyim o‗rniga Bizning uyimizMen g„olib chiqdim o‗rniga Biz g„olib 
chiqdik. 
Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma‘nosini ham 
bildiradi. Masalan: Sen kelding o‗rniga Siz keldingiz, U keldi o‗rniga Ular keldilar
Dadam shaharda ishlaydi, ular bugun uyga qaytadi. Siz hurmat ma‘nosini 
bildirganda, ko‗pincha ko‗plik ma‘nosini ifodalash uchun unga -lar qo‗shimchasi 
qo‗shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo„lsin
Kishilik olmoshlari 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 

Men 
Biz
II 
Sen
Siz(lar) 
III 

Ular 
Kishilik olmoshlarida kuzatiladigan fonetik hodisalar 
№ 
Fonetik 
hodisa 
Izoh 
Misollar 

Tovush 
tushishi 
Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki 
qo‗shimchalari qo‗shilganda, talaffuzda bir 
n tovushi tushib qoladi va shunday 
yoziladi. 
men + ning = 
mening; 
sen + ni = seni; 
men + niki = 
meniki. 

Tovush 
ortishi 
U olmoshiga -ga- -da, -dan qo‗shimchalari 
qo‗shilganda, talaffuzda bir n tovushi 
ortadi va shunday yoziladi. 
u + ga = unga 
u + da = unda; 
u + dan = undan.
U kishilik olmoshi va u koʻrsatish olmoshini bir-biridan farqlash lozim. Ular 
quyidagicha farqlanadi: 
1) U kishilik olmoshi «kim» soʻrogʻiga javob boʻladi va asosan shaxs 
ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: U bugun keladi. (Kim bugun keladi? – U) 
2) U koʻrsatish olmoshi esa «qaysi?» soʻrogʻiga javob boʻladi va gapda 
sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: U kishi bugun keladi. (Qaysi kishi 
bugun keladi? – u kishi) 
Kishilik olmoshlariga egalik qoʻshimchalari hech qachon qoʻshilmaydi, 
shuning uchun egalik shakllarini olgan unim, unisi kabi soʻzlar, albatta, koʻrsatish 
olmoshlari hisoblanadi. 
4-misol. Kishilik olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. Mening og‗am ichinda, Soqollari tashinda (makkajo‗xori). 2. Iloji bo‗lsa, 
unga bildirmaylik. (Cho„lpon) 3. To‗ybekaning shuningdek hangamalari boshqa 
vaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsa ham, hozir unga yotishib kelmadi. 
(AbdullaQodiriy). 4. Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, 
ammo kelib-kelib bu kun seni o‗shanga berdilar. (Abdulla Qodiriy) 5. Sening qancha 
puling bor edi? – deb so‗radi mirshab sho‗rlik kosib yigitdan. (G„afur G„ulom) 6. 
Mustaqillik bizga milliy ma‘naviyat olamini ochib berdi. (J. Razzoqov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling