GUMON OLMOSHLARI
So‗roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‗shimchasini qo‗shish yo‗li bilan gumon
olmoshlari hosil qilinadi.
Alla- qo‗shimchasi so‗roq olmoshlari oldidan, -dir qo‗shimchasi esa so‗roq
olmoshlari so‗ngidan qo‗shiladi.
Har ikki qo‗shimcha asos qism bilan qo‗shib yoziladi.
Narsa so‗zi faqat alla- qo‗shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‗zi kishi, narsa, nima kabi so‗zlarga qo‗shilib, bu so‗zlarga gumon
ma‘nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari
bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‗zi gumon olmoshi o‗rnida
qo‗llangan bo‗ladi. Shu bilan birga birov so‗zi ham kimdir so‗zi bilan erkin almashina
olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi.
Gumon olmoshlari
№
Hosil boʻlish usuli
Olmoshlar
1
soʻroq olmoshlari + -dir
kimdir, nimadir, qaysidir, qandaydir, qachondir,
qanchadir
2
alla- + soʻroq
olmoshlari
allakim, allanima, allanarsa, allaqaysi, allaqanday,
allaqancha
3
bir + kishi, narsa, nima
bir kishi, bir narsa, bir nima / birov
Alla- qoʻshimchasi faqat soʻroq olmoshlari va narsa soʻziga qoʻshilib, gumon
olmoshlarini hosil qiladi. Bu qoʻshimcha boshqa soʻzlarga qoʻshilsa, yasama
ravishlar hosil boʻladi: allamahal, allavaqt, allapayt.
7-misol. Gumon olmoshlarining tagiga chizilgan.
1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‗tarmanmi,
allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor) 2. Shorahim ko‗z yoshidan hech
narsani ko‗rmay, allanimalar deb g‗udrandi. (O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyim
paydo bo‗ldi. (O„. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‗q, Allaqaysi zamonda Bir
qishloqda ota-o‗g‗il Yashar ekan omonda. (A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi
ko‗rindi. (Oybek) 6. Birovning aybini senga aytgan sening aybingni ham birovga
aytadi. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |