OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO„RA TURLARI.
SODDA OLMOSHLAR
Olmoshlar tuzilishiga ko‗ra sodda, qo‗shma, juft va takroriy bo‗ladi.
Faqat bir asosdan iborat bo‗lgan olmoshlar sodda olmoshlar hisoblanadi.
Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim,
allaqanday singari yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.
Boʻlishsizlik olmoshlaridan tashqari olmoshning barcha ma‘no turlari tarkibida
sodda olmoshlar mavjud.
QOʻSHMA OLMOSHLAR
Ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo‗shma olmoshlar hisoblanadi.
Qo‗shma olmosh
qismlari ajratib yoziladi: hech kim, hech qachon, har bir, har kim, mana shu, ana
o„sha.
Qoʻshma olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda yasama soʻz
sanalmaydi.
Boʻlishsizlik olmoshlarining barchasi qoʻshma olmoshlardir.
Qoʻshma olmoshlar
№
Ma‟no turi
Olmoshlar
1
Koʻrsatish
olmoshlari
mana shu, mana bu, mana oʻsha, ana bu, ana shu, ana
oʻsha
2
Belgilash olmoshlari har kim, har nima, har qaysi, har qancha, har bir, har narsa
3
Boʻlishsizlik
olmoshlari
hech kim, hech nima, hech narsa, hech qaysi, hech bir,
hech qanaqa
164
4
Gumon olmoshlari
bir kishi, bir nima, bir narsa
JUFT OLMOSHLAR
Bir-biriga mazmunan yaqin bo‗lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‗lgan
olmoshlar juft olmoshlar sanaladi: sen-men, u-bu, siz-biz.
Juft olmoshlar
№
Ma‟no turi
Olmoshlar
1
Kishilik olmoshlari
Sen-u men, siz-u biz
2
Koʻrsatish olmoshlari
u-bu, ul-bul
TAKRORIY OLMOSHLAR
Bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo‗lgan olmoshlar takroriy
olmoshlar hisoblanadi: shu-shu, nima-nima, kim-kim va hokazo.
Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
Olmoshlar boshqa so‗zlarning yasalishiga asos bo‗lishi mumkin.
O„zboshimcha, o„zbilarmon, manman kabilar sifat, o„zidan ketmoq, o„ziga kelmoq
iboralar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |