Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   310
Takroriy olmoshlar 
№ 
Ma‟no turi 
Olmoshlar 

Koʻrsatish olmoshlari 
shu-shu, oʻsha-oʻsha, ana-ana 

Oʻzlik olmoshi 
oʻz-oʻzi, oʻz-oʻziga 

Soʻroq olmoshi 
kim-kim?, nima-nima?, necha-necha?, qancha-qancha? 

Belgilash olmoshlari 
hamma-hamma, barcha-barcha 
 
Savol va topshiriqlar: 
 
 
1. Otning ma‘nosi va grammatik xususiyatlarini sharhlang. 
2. Atoqli va turdosh otlarning farqli jihatlari nimalardan iborat? 
3. Sifatlarning otlashuvi deganda qanday hodisa tushuniladi? 
4. Sifatning qanday daraja shakllari mavjud? 
5. Sonning ma‘no turlari haqida soʻzlab bering. 
 
Adabiyotlar: 
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 
2. Ўзбек тили грамматикаси. 1-қисм. – Т.: «ФАН», 1975. 
3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 
4. U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adabiy tili. – 
T.: 1992. 
 


165 
9-mavzu:
RAVISH. YORDAMCHI SOʻZLAR.
UNDOV, TAQLID, MODAL SOʻZLAR. 
 
Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‗rni, daraja-miqdori kabi belgilarini 
bildiruvchi va «qanday?», «qachon?», «qayer (-ga, -da, -dan)?», «qancha?» singari 
so‗roqlarga javob bo‗luvchi so‗zlar ravish deyiladi. 
1-misol. 
Sekin yurmoq, tez oʻqimoq, bugun kelmoq, ichkariga kirmoq, koʻp uxlamoq, 
atayin gapirmoq.
RAVISHLARNING YASALISHI. TUB VA YASAMA
RAVISHLAR 
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‗linadi. Yasama ravishlar qo‗shimchalar 
qo‗shish, asos qismni juft va takror qo‗llash yoki ikki asosni biriktirish yo‗li bilan 
hosil qilinadi. 
Tuzilishiga ko‗ra ravishlarning sodda, qo‗shma, juft va takroriy turlari 
farqlanadi. 
2-misol.
Hamisha, doim, kecha, bugun, ertaga, qoʻqqisdan, avval, keyin, sekin – tub 
ravishlar; ertalab, yoppasiga, mardona, har kuni, bir vaqt, qator-qator, birin-ketin, 
ustma-ust – yasama ravishlar. 
Tubdan, to„satdan, qo„qqisdan, rostdan, birdan, kechalari, avvallari, so„ngra, 
kechasi, kunduzi jo„rttaga kabi ravishlar tarkibida -ga, -da, -dan kelishik 
qoʻshimchalari, -i, -si egalik qoʻshimchalari va -lar koʻplik qoʻshimchasi asos bilan 
mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan. Shuning uchun bunday 
ravishlar tarkibida qoʻshimcha yoʻq deb qaraladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling