Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SOʻZ YASOVCHI QOʻSHIMCHALAR BILAN RAVISH YASALISHI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -namo
SOʻZ YASOVCHI QOʻSHIMCHALAR BILAN RAVISH YASALISHI. RAVISH YASOVCHI QO„SHIMCHALAR -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‗shimchalari ot, sifatga qo‗shilib ravish yasaydi. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bilan yasalgan ravishlar sodda yasama ravishlar deyiladi. 1) -cha: eskicha, tirnoqcha; 2) -lab: ertalab, yillab; 3) -larcha: otalarcha, mardlarcha; 4) -ona: doʻstona; 5) -an: majburan, taxminan; 6) -siz: toʻxtovsiz; 7) -lay (-layin): xomlay, butunlayin; 8) -siga: yoppasiga; 9) -chasiga: yigitchasiga, mardchasiga; 10) -namo: uyalgannamo; 11) be-: betoʻxtov; 166 12) -ligicha: xomligicha; 13) -(i)ncha: koʻpincha, oʻgʻrincha; 14) -in (-un): qishin-yozin, ostin-ustun 3-misol. Eskicha, yangicha, o‗zicha, yillab, qahramonona, qatorasiga, erkakchasiga, saharlab, vijdonan, bolalarcha. Ravish yasovchi -cha qoʻshimchasi otlarning kichraytirish-erkalash shakli -cha bilan shakldosh hisoblanadi. Ular quyidagicha farqlanadi: 1) Ravish yasovchi -cha qoʻshimchasi kabi, singari koʻmakchilar va -dek, -day qoʻshimchalari bilan ma‘nodosh boʻladi va ular bilan erkin almashadi. Masalan: Yigitcha ishladi – Yigit kabi ishladi. Shuningdek, -cha qoʻshimchasi ravish yasovchi boʻlganda bunday qoʻshimcha bilan yasalgan soʻzlar «qanday?», «qancha?» soʻroqlariga javob boʻladi: Otasi eskicha fikrlaydigan odam edi. Sizning gaplaringizda tirnoqcha asos yoʻq. -cha ravish yasovchi qoʻshimcha boʻlganda urgʻu olmaydi. 2) otlarning kichraytirish-erkalash shakli -cha qoʻshimchasi vazifasiga koʻra lugʻaviy shakl yasovchi boʻlib, kichkina soʻzi bilan almashadi. Masalan: Yigitcha ishladi – Kichkina yigit ishladi. -cha otlarning kichraytirish-erkalash shakli boʻlganda urgʻu oladi. Ravish yasovchi -lab, -larcha qoʻshimchalari chama son hosil qiluvchi -lab, - larcha qoʻshimchalari bilan shakldosh boʻlib, bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 1) Bu qoʻshimchalar songa qoʻshilsa, chama son hosil qiluvchi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar deb qaraladi. Masalan: oʻnlab, yuzlarcha. 2) Bu qoʻshimchalar sondan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat)ga qoʻshilsa, ravish yasovchi hisoblanadi. Masalan: saharlab, mardlarcha. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling