Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
HOLAT RAVISHLARI
Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va «qanday?», «qay holda?», «qay tarzda?» so‗roqlariga javob bo‗luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo„qqisdan, to„satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo„rg„a, mardlarcha singari so‗zlar kiradi. 4-misol. Holat ravishlarining tagiga chizilgan. 1. Shu payt uydan – yotog‗imizdan bolalar ham birin-ketin ko‗zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. (Sh. Xolmirzayev) 2. O‗rtancha botir qo‗rqmadi, jim turdi. (Ertakdan) 3. Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O„. Hoshimov) 4. Bular piyoda asta-sekin o‗rdaga bordilar. (Ertakdan) 5. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so‗ng uning tarhini yaxshilab qog‗ozga chizajagini aytdi. (Mirmuhsin) 6. Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib jim. (Hamid Olimjon) PAYT RAVISHLARI Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, «qachon?» so‗rog‗iga javob bo‗luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga bugun, kecha, ertaga, avval, keyin, oldin, endi, hozircha, so„ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, mudom, dastlab, har kuni, har on, hech vaqt, shu payt, shu lahza, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi. 5-misol. Payt ravishlarining tagiga chizilgan. 1. Keyin u yoqqa o‗tamiz, – deb o‗ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. 2. Jiydazordan hozirgina keldim. 3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz. 4. Uni buguncha tinch qo‗y. 5. Yolg‗on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. 6. Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. 7. Erta-indin rejani to‗ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. (Yo„ldosh Sulaymon) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling