Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


RAVISHLARNING MA‟NO TURLARI OʻRTASIDA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   310
RAVISHLARNING MA‟NO TURLARI OʻRTASIDA 
KOʻCHISH HODISASI 
Ayrim ravishlar turli nutq sharoitida, turli gaplar tarkibida har xil ma‘nolarni 
ifodalaydi va ravishning bir emas, bir necha xil ma‘no turiga kiradi. 
№ 
Ravish 
Ma‟no turi / misol 

Yaqinda 
Oʻrin ravishi: Universitet yotoqxonamizga yaqinda joylashgan. 
Payt ravishi: Yaqinda kirish imtihonlari boʻlib oʻtadi. 

Yaqindan 
Oʻrin ravishi: Yaqindan daryoning shovullashi eshitilib turardi. 
Holat ravishi: Siz bilan yaqindan tanishmoqchi edim.

Oldinda 
Oʻrin ravishi: Shahar hali uzoq, oldinda bir necha dovonlar bor. 
Payt ravishi: Oldinda meni shon-u shuhrat kutardi. 

Uzoqdan 
Oʻrin ravishi: Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. 
Holat ravishi: Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 

Nari-beri 
Oʻrin ravishi: Jihozlarni nari-beri surib, uyni tartibga keltirgan 
boʻldik. 
Holat ravishi: Nari-beri tamaddi qilib, ishga kirishdik. 
RAVISHLARNING VAZIFADOSH KOʻMAKCHI BOʻLIB KELISHI 


170 
Avval, oldin, ilgari, keyin, soʻng, beri kabi ravishlar ayrim gaplar tarkibida 
vazifadosh koʻmakchi boʻlib keladi, ularning ravish yoki vazifadosh koʻmakchi 
ekanligi quyidagicha farqlanadi: 
Ravishlarni vazifadosh koʻmakchilardan farqlash 
№ 
Turkum 
Izoh 
Misollar 

Vazifadosh 
koʻmakchi 
Avval, oldin, ilgari, keyin, soʻng, beri 
kabi soʻzlar chiqish kelishigi (-dan)ni 
olgan soʻzlardan yoki aniq paytni 
bildiruvchi soʻzlardan keyin kelsa va 
oʻzidan oldingi soʻz bilan umumiy 
bitta soʻroqqa javob boʻlib, bitta gap 
boʻlagi vazifasini bajarsa, vazifadosh 
koʻmakchi hisoblanadi. 
1) Soʻylashdan avval 
oʻyla. 
2) 
Darsdan 
keyin 
kutubxonaga boramiz. 
3) Biz u bilan soʻnggi 
marta ikki yil oldin 
uchrashgan edik. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling