Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol.  1. Bugun yangi qalam va


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310
1-misol. 
1. Bugun yangi qalam va daftar sotib oldim. 2. Men Pirimqul Qodirov va Said 
Ahmad asarlariga qiziqaman. 3. Saidiy borib qishloqning ruhini o‗z ko‗zi bilan 
ko‗rgisi keldi, ammo borishga yuragi betlamas edi. (Abdulla Qahhor) 4. 
Daraxtlarning barglari sarg‗aya boshladi, chunki kuz keldi. 
BOG„LOVCHILARNING VAZIFASIGA 
KO„RA TURLARI 
Vazifasiga ko‗ra bog‗lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‗lovchilarga 
bo‗linadi. 
2-misol. 
1. Boshlanadi ijod va turmush. (Hamid Olimjon) 2. Men gulni yaxshi 
ko‗raman, chunki u ruhimni ko‗taradi. (S. Zunnunova) 3. Goʻshtsiz boʻlsa ham palov 
damladi-da, erining kelib qolishidan qoʻrqib dam yedirmy suzib oldi. (S. Ahmad) 4. 
Biz yoshlarni imli va yuksak salohiyatli qilib tarbiyalamogʻimiz lozim, toki ular 
Vatan kelajagi qursin. (Gazetadan) 5. Oy chiqib, olisda qolgan qishloqni-yu tepadgi 
maktabni ravshan yoritdi (Sh. Xolmirzayev)
 
TENG BOG„LOVCHILAR 
O‗zaro teng munosabatdagi gap bo‗laklari va gaplarni bog‗lab keluvchi 
bog‗lovchilar teng bog„lovchilar hisoblanadi. 
Teng bogʻlovchilar yordamida oʻzaro bogʻlangan birliklar teng bogʻlanishni 
hosil qiladi. Teng bogʻlangan soʻzlar quyidagi xususiyatlarga ega boʻladi: 
Teng bogʻlovchilar yordamida bogʻlangan soʻzlarning xususiyatlari 
№ 
Xususiyati 
Misollar 

Barchasi bir xil soʻroqqa javob boʻladi Biz ertaga teatrga va kutubxonaga 
boramiz. 

Barchasi bir xil grammatik shaklda 
boʻladi 
1) qayerga boramiz? teatrga va 
kutubxonaga. 
2) teatrga va kutubxonaga
3) teatrga – oʻrin holi, kutubxonaga – 
oʻrin holi. 

Barchasi bir xil gap boʻlagi vazifasini 
bajaradi 

Oʻzaro teng munosabatda boʻlib, har 
biri alohida tushunchani bildiradi 


177 
Teng bog‗lovchilar gap bo‗laklari va gaplarni bog‗lash bilan birga ular 
o‗rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro‗yobga chiqaradi. Shunga ko‗ra teng 
bog‗lovchilar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
1) biriktiruv bog‗lovchilari: va, hamda, bilan, ham
2) zidlov bog‗lovchilari: ammo, lekin, biroq
3) ayiruv bog‗lovchilari: yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, bir ... bir, 
ba‟zan ... ba‟zan, xoh ... xoh
4) inkor bog‗lovchisi: na ... na

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling