3-misol.
1. Ona bilan bola – gul bilan lola. (Maqol) 2. Hammasini tinglardim, ammo
O‗xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 3. O‗ktam tolga suyanib, dam cholga,
dam tegirmonga qarab indamay turaverdi. (Oybek)
SOF VA VAZIFADOSH BOG„LOVCHILAR
Bog‗lovchilar ham xuddi ko‗makchilar singari sof va vazifadosh turlarga
bo‗linadi.
Faqat bog‗lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‗zlar sof bog„lovchilar
sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi.
Bir o‗rinda bog‗lovchi, boshqa o‗rinda ko‗makchi, yuklama yoki modal so‗z
vazifasida keluvchi bog‗lovchilar vazifadosh bog„lovchilar sanaladi.
Masalan: Yozda Buxoroga qarindoshlarimizni ko„rgani bordik ham
(bog‗lovchi) tarixiy obidalarni tomosha qildik.
Bilimli kishi o„lsa ham (yuklama) uning nomi o„chmaydi... (Ahmad Yugnakiy)
Bobo bilan (bog‗lovchi) nevara bogʻni aylanishga chiqishgan ekan.
Akam bilan (koʻmakchi) kutubxonaga bordik.
BIRIKTIRUV BOG„LOVCHILARI
Teng munosabatdagi gap bo‗laklarini va gaplarni o‗zaro biriktirib keluvchi
bog‗lovchilar biriktiruv bog‗lovchilari hisoblanadi.
Biriktiruv bog‗lovchilariga va, hamda sof bog‗lovchilari, bilan ko‗makchi-
bog‗lovchisi, -u (-yu),-da, ham yuklama-bog‗lovchilari mansubdir. Bulardan ham
bog‗lovchi vazifasida yakka va takror holda qo‗llaniladi.
-u (-yu), -da o‗zi qo‗shilayotgan so‗zdan chiziqcha bilan ajratiladi.
Biriktiruv bogʻlovchilari
Sof biriktiruv bogʻlovchilari
va, hamda
Vazifadosh biriktiruv
bogʻlovchilari
bilan (koʻmakchi), -u (-yu), -da, ham
(yuklama)
Vazifadosh biriktiruv bogʻlovchilarining bogʻlovchi vazifasida kelishini
boshqa vazifalarda kelishidan farqlash lozim.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |