4-misol. Vazifadosh koʻmakchilar ajratib koʻrsatilgan
1. Kozimbek mashinani yo‗lga chiqarib, qishloqqa tomon yurdi. (Abdulla
Qahhor) 2. Qish o‗tib, bahor kelishi bilan Qorabog‗da o‗tkazilgan qurultoyda
Boyazidning ustiga yurishga qaror qilindi. (Xurshid Davron) 3. Kecha Jannat xola
o‗g‗lining oldiga borganda, soqoli o‗sib ketganini, sochlari quloqlaridan osilib
vahshiy qiyofasiga kirib qolganini ko‗rgan edi. (Said Ahmad) 4. Markaziy xirurgiya
klinikasining bosh shifokori Mirsidiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam
olardi. (O„. Umarbekov) 5. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2.
Insonning fe‘l-atvoriga qarab unga baho berishadi. 6. To‗ydan keyin nog‗ora
chalmoq – nodonlar ishi. 7. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat
yotadi. 8. Donolar oldida doim eshitguvchi bo‗l. («Hikmatnoma»dan)
KO„MAKCHILARNING MA‟NO TURLARI
Ko‗makchilar yetakchi so‗zga bog‗lanib, unga turli qo‗shimcha ma‘nolar
yuklaydi. Shunga koʻra koʻmakchilar bir qator ma‘no turlariga boʻlinadi. Shuni
ta‘kidlash lozimki, bir koʻmakchi turli birikishlarda har xil ma‘no ifodalashi va
koʻmakchining bir nechta ma‘no turiga kirishi mumkin. Bu nutq sharoiti va
koʻmakchi qanaqa soʻzga qoʻshilayotganiga bogʻliq.
Koʻmakchilarning ma‟no turlari
№ Ma‟no turi
Koʻmakchilar
Misollar
1
Vosita
bilan, orqali, vositasida
Qalam bilan yozdi.
2
Birgalik
bilan, birga
Kutubxonaga
akam
bilan
bordim.
3
Atalganlik
uchun, deb, deya, atab
Onam uchun sovgʻa oldim.
4
Sabab
uchun, tufayli, sababli
Yolgʻon
gapirgani
uchun
jazolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |