Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


uchun unga So‗z bitadilar. (O„. Hoshimov) 6. U hamma qishloq bolalari kabi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   310
uchun unga So‗z bitadilar. (O„. Hoshimov) 6. U hamma qishloq bolalari kabi 


172 
yoshlikdan mehnatga kirishgan bo‗lsa-da, ammo o‗yinga ham vaqt topar edi. (Oybek) 
7. Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog‗i buzilib-yorilib ketib
yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. (M. Qoriyev) 8. Kimki tong 
ila tursa, Mushkul ishlari bitgay. («Otalar so„zi») 9. Shundan beri inson tinmayin Shu 
yer uzra ter to‗kar hamon. Yerni go‗zal qilgani sayin Go‗zal bo‗lar o‗zi ham inson. 
(E. Vohidov) 
Sof ko‗makchilar urg‗u olmaydi. Urg‗u ko‗makchi bilan birga kelgan mustaqil 
so‗zning oxirgi bo‗g‗iniga tushadi. Shuning uchun ko‗makchi ohang tomonidan 
o‗zidan oldingi so‗z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko‗makchi 
doimo ajratib yoziladi. Masalan: Onam uchun oldim. Imtihon haqida suhbatlashmoq. 
Ba‘zan bilan, uchun ko‗makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida 
qo‗llanadi. -la, -chun chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Qoʻl-la terdim. 
Vatan-chun jonim fido. 
VAZIFADOSH KO„MAKCHILAR 
Mustaqil soʻzlar turkumiga kiruvchi ayrim soʻzlar ba‘zan oʻz lugʻaviy 
ma‘nosini butunlay yoki qisman yoʻqotib, koʻmakchi vazifasini bajarib keladi. Aslida 
boshqa turkumlarga mansub boʻlgan soʻzlar koʻmakchi vazifasini bajarsa, vazifadosh 
koʻmakchilar hisoblanadi. Masalan, qarab soʻzi fe‘l turkumiga mansub soʻz boʻlib, 
boqmoq, koʻrmoq ma‘nosini bildiradi: Shohista onasiga najot bilan qarab gapirardi. 
Ba‘zi oʻrinlarda esa bu soʻz oʻz ma‘nosini yoʻqotib, ikkita soʻzni bogʻlashga xizmat 
qiladi va vazifadosh koʻmakchi boʻlib keladi: Shohista maktabga qarab ketdi. Bu 
yerda endi qarash ma‘nosi emas, yoʻnalish, tomon ma‘nosi ifodalangan.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling