Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   310
 
O„RIN RAVISHLARI 
Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o‗rnini bildirgan va «qayer (-ga, 
-da, -dan)?» so‗rog‗iga javob bo‗luvchi ravishlar o„rin ravishlari hisoblanadi. 
 
O‗rin ravishlariga olg„a, ichkarida, tashqarida, nari, beri, uzoqdan, yaqindan, 
u yoqqa, bu yoqqa, shu yerda, har yerda, har joyda singari so‗zlar kiradi. 
6-misol. Oʻrin ravishlarining tagiga chizilgan. 
1. Tashqariga chiqib G‗ofurjon boydan ketishga izn so‗radi. 2. Sherqo‗ziga 
ko‗zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo‗ydi. 3. Ichkariga kiring, bir 
piyola choy iching, dedi uy egasi. 4. Oldinda Shirinbuloq qishlog‗i butun bo‗y-
basti bilan yastanib yotardi. (Yo„ldosh Sulaymon) 5. Komandir boshliq jangchilar 
olg‗a tashlanib bostirib boraverardilar. (Sh. Sa‟dulla)  


169 
MIQDOR-DARAJA RAVISHLARI 
Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va «qancha?» 
so‗rog‗iga javob bo‗ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi: sal, biroz, 
picha, xiyol, xiyla, jinday, qittay, eng, juda, gʻoyat, bagʻoyat, nihoyatda, oz, ko„p, 
kam, ancha, bir talay kabi. 
7-misol. Miqdor-daraja ravishlarining tagiga chizilgan. 
1. Sarvigulni podsho hammadan ko‗proq sevar ekan. 2. Mehmondorchilik 
tugagach, u uzundan uzun duo qilib o‗rnidan turibdi. 3. Ko‗p yaxshi o‗ylabsiz, ammo 
saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak. 4. Ikkita tuxum topib olibdi. Suyunib 
cho‗ntagiga solib, biroz yuribdi. 5. Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz bo‗lsa ham 
bizga qola qolsin»,  dedi. 6. Chol va kampir behad sevinishibdi. (Ertakdan) 
 
MAQSAD VA SABAB RAVISHLARI 
 
Harakat va holatning bajarilishidagi maqsadni bildirib, «nima maqsadda?» 
soʻrogʻiga javob boʻluvchi ravishlar maqsad ravishlari deyiladi: ataylab, atayin, atay, 
joʻrttaga, qasddan, azza-bazza kabi. 
Harakat va holatning bajarilishidagi sababni bildirib, «nima sababdan?» 
soʻrogʻiga javob boʻluvchi ravishlar sabab ravishlari hisoblanadi: noiloj, noilojlikdan, 
chor-nochor kabi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling