Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SO„ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALARI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
SO„ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALARI Gapning mazmuniga so‗roq-taajjub ma‘nosini yuklovchi -mi, -chi, -a (-ya) birliklari so„roq yuklamalari deyiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so‗zga qo‗shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Soʻroq-taajjub yuklamalarining barchasi qoʻshimcha yuklamalar sanaladi. Shuningdek, ularning barchasi sof yuklamalar hisoblanadi. 3-misol. Soʻroq-taajjub yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 1. Bola-chaqa omon ekanmi? (Asqad Muxtor) 2. Nega yo‗q bo‗larkan? Muattar Zokirovna-chi? Lobarxon-chi? (X. Sultonov) 3. – Ba‘zan ko‗cha-ko‗yda ham bir narsalarni topib oladi-ya. – Bekor yurmay deydi-da! (Sh. Bo„tayev) 4. Xatini ham ololdingizmi? – dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‗ziga tikildi. (Abdulla Qodiriy) KUCHAYTIRUV-TA‟KID YUKLAMALARI Gapning ma‘lum bir bo‗lagi yoki butun gap ma‘nosini kuchaytirib, ta‘kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari hisoblanadi. Kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari Sof kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari hatto, nahotki, g‗irt, axir, -oq (-yoq), -ku, -la Vazifadosh kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari ham, -u (-yu), -da Yozuvda -ku, -la, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‗shib yoziladi. 4-misol. Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 1. To‗g‗ri-da, u tengi bolalar papka ko‗tarib maktabga borishadi, uni esa «kichkina» deb xafa qilishadi. (S. Mardiyev) 2. Nahotki, u meni rostdan ham kutayotgan bo‗lsa! (Yo„ldosh Sulaymon) 3. Lekin ellik yil yo‗lda hamroh bo‗lgan, birga o‗y surib, birga qog‗oz qoralagan do‗stning ham aytadigan gaplari bordir, axir! (Said Ahmad) 4. Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. (Ibn Sino) 5. U shunday ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hatto qamishlar ham shitirlamadi. (Said Ahmad) 6. Har yil bahor kelganda, hatto toshga kirar jon. (Mirtemir) 7. Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari. (Mirtemir) 8. Bular ona yurtning erkalari-da, Bular ertagi kun egalari-da! (Mirtemir) 186 Vazifadosh kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalarining qanday vazifa bajarayotganligini farqlash lozim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling