Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   310
Yuklamalarning turlari 
№ 
Turi 
Yuklamalar 

Soʻz yuklamalar 
axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‗yo, go‗yoki, naq, 
hech, sira, nahotki, na ... na 

Qoʻshimcha yuklamalar 
Soʻzga qoʻshib yoziladigan qoʻshimcha yuklamalar:
-mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina), -dir 
Soʻzdan chiziqcha bilan ajratib yoziladigan 
qoʻshimcha yuklamalar: -u (-yu), -da, -ku, -la -chi, -a 
(-ya)
2-misol.
1. Ayt-chi, go‗zal Sanobar, Qayer sening makoning? (Qo„shiq) 2. Qarshiligi 
ko‗rinib turibdi-ku! Bu qarshilik emasmi(Abdulla Qahhor) 3. Biladilar-da bu kishi. 
Yovlar bilan olishgan-a(O. Yoqubov) 4. Men-ku yolg‗iz edim, Na otam, Na onam, 
na oilam bor... (E. Vohidov) 
Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar qoʻshib yozilsa, imloviy xatolik 
hisoblanadi. Masalan: Toʻgʻri-da, u tengi bolalar maktabda oʻqishadi. / Toʻgʻrida, u 
tengi bolalar maktabda oʻqishadi. Ikkinchi gapda -da yuklamasi soʻzga qoʻshib 
yozilgan, natijada imloviy xatolikka yoʻl qoʻyilgan. 
Qoʻshimcha yuklamalar soʻz tarkibida ma‘noli qism sifatida sanaladi. Masalan: 
Bordingmi soʻzi tarkibida toʻrtta ma‘noli qism (morfema) mavjud: bor-di-ng-mi.
Biroq qoʻshimcha yuklamalar qoʻshimchalarning biror turiga ham kirmaydi
ya‘ni bordingmi soʻzi tarkibidagi -di (zamon) va -ng (shaxs-son) qoʻshimchalari 
sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar sanalsa, -mi yuklamasi soʻz yasovchi ham
lugʻaviy shakl yasovchi ham, sintaktik shakl yasovchi ham hisoblanmaydi. 
 


185 
YUKLAMALARNING MA‟NO TURLARI 
Yuklamalar soʻz va gaplarning mazmuniga qanday qoʻshimcha ma‘nolar 
yuklashiga koʻra bir nechta turga boʻlinadi: 1) soʻroq-taajjub yuklamalari; 2) 
kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari; 3) ayiruv-chegaralov yuklamalari; 4) oʻxshatish-
qiyoslash yuklamalari; 5) gumon yuklamasi; 6) inkor yuklamalari. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling