7-misol. Inkor bogʻlovchisi ajratib koʻrsatilgan.
1. Na qo‗shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. (Ibrohim Rahim) 2. Na
kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi. (Oybek) 3. Cho‗lquvarlarni na
issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‗z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt
etadilar. 4. Na eshikni, na derazalarni ochib bo‗lardi. 5. Ko‗ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do‗stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha
sustlashding? (Cho„lpon)
ERGASHTIRUVCHI BOG„LOVCHILAR
O‗zaro tobe munosabatida bo‗lgan gap bo‗laklari va gaplarni bog‗lash uchun
ishlatiladigan bog‗lovchilar ergashtiruvchi bog„lovchi sanaladi.
Chunki, ya‟ni, agar, garchi singari so‗zlar ergashtiruvchi bog‗lovchilardir.
8-misol.
1. Agarda uning yonida usta Olim bo‗lmaganda edi, ehtimol, u qay
vaqtlargacha serrayib qolar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Hunar o‗rgan, chunki hunarda
ko‗p sir. (Nizomiy) 3. U ilonni aldagani uchun, ya‟ni unga dunyodagi eng tansiqtaom
insonniki emas, qurbaqaning go‗shti ekanini aytgani uchun ta‘qibga uchragan emish.
(«Turfa rang tabiat» kitobidan) 4. Til o‗z vazifasini bajarmasa, qo‗l ishga tushadi,
ya‟ni insoniy munosabat o‗rnini hayvoniy xatti-harakat oladi. (Omon Muxtor) 5.
Yotoqxonaga yangi jihozlar keltiramiz, toki talabalar qiynalmasin. 6. Oltin qafas
ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‗a tikondek oshyon bo‗lmas emish. (Alisher Navoiy)
Ergashtiruvchi bogʻlovchilarning turlari
№
Ma‟no va vazifa
turi
Xususiyati
Bogʻlovchilar
1
Aniqlov
bogʻlovchisi
Gap bo‗laklarini va gaplarni
tobelantirib bog‗laydi, ular
o‗rtasidagi
aniqlashtirish
ma‘nosini
ifodalaydi.
Yozuvda
ya‟ni
bog‗lovchisidan oldin doimo
vergul qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |