Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
bilan yordamchisining vazifalari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zidlov bogʻlovchilari Sof zidlov bogʻlovchilari ammo, lekin, biroq Vazifadosh zidlov bogʻlovchilari
- Lekin
bilan yordamchisining vazifalari
Vazifasi Izoh Misollar Biriktiruv bogʻlovchisi Agar bilan yordamchisini va, hamda bogʻlovchilari bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh biriktiruv bogʻlovchisi hisoblanadi. Ona bilan bola – gul bilan lola. Ona va bola – gul va lola. Koʻmakchi Agar bilan yordamchisini va, hamda bogʻlovchilari bilan almashtirib boʻlmasa, koʻmakchi hisoblanadi. Kun ilishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshlaydi. -u (-yu), -da, ham yordamchilarining vazifalari Biriktiruv bogʻlovchisi Agar -u (-yu), -da, ham yordamchilarini va, hamda bogʻlovchilari bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh biriktiruv bogʻlovchisi hisoblanadi. 1) Siz-u biz shu yurtning farzandlarimiz. Siz va biz biz shu yurtning farzandlarimiz. 2) Otni soy bo‗yiga bog‗ladi-da, o‗zi yuqoriga chiqib ketdi. Otni soy bo‗yiga bog‗ladi va o‗zi yuqoriga chiqib ketdi. 3) Qalam ham daftar oldim. Qalam va daftar oldim. Yuklama Agar -u (-yu), -da, ham yordamchilarini va, hamda bogʻlovchilari bilan almashtirib boʻlmasa, yuklama hisoblanadi. 1) Axir, majlis qoldirilmaydi-yu. 2) Mol o‗tlaydigan, bolalar chillak o‗ynaydigan yer-da! 3) Biz ham kutubxonaga boramiz. 4-misol. Biriktiruv bogʻlovchilari ajratib koʻrsatilgan. 1. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak. (Maqol) 2. Jo‗shadi buloqning kumush yoshlari, ham mungli, ham shirin jildirashlari, Buralib, ko‗katlar ichidan chopar, Uzilgan marvarid yarqirashlari. (Oybek) 3. Badia bilan Ma‘suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi. (Mirmuhsin) 5. Na uyquga to‗ygan va na kulguga, Ko‗rsa ko‗z kuygundek kelinchak edim. (S. Zunnunova) 6. O‗qidi-yu tanidan Chiqib ketdi muzdek ter. (E. Vohidov) 7. Bahaybat yaproqlar diyoridaman, Ulkandir bu yerning gul-u toshlari. (Shavkat Rahmon) 179 ZIDLOV BOG„LOVCHILARI O‗zaro zidlik munosabatida bo‗lgan uyushiq bo‗laklar yoki gaplarni bir-biriga bog‗lab keluvchi ammo, lekin, biroq bog‗lovchilari zidlov bog„lovchilari sanaladi. Balki so‗zi ko‗pincha zidlov bog‗lovchisi vazifasida qo‗llanadi. Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning g„ashini keltirmas, balki xayolini chalg„itib, unga orom bag„ishlardi. (M. Karim) Yozuvda zidlov bog‗lovchilaridan oldin vergul qo‗yiladi. Zidlov bogʻlovchilari Sof zidlov bogʻlovchilari ammo, lekin, biroq Vazifadosh zidlov bogʻlovchilari balki (modal soʻz), -u (-yu), -da (yuklama) Vazifadosh zidlov bogʻlovchilarining bogʻlovchi vazifasida kelishini boshqa vazifalarda kelishidan farqlash lozim. balki soʻzining vazifalari Vazifasi Izoh Misollar Zidlov bogʻlovchisi Agar balki soʻzi zidlik ma‘nosini bildirsa, vazifadosh zidlov bogʻlovchisi hisoblanadi. Balki bogʻlovchi boʻlganda doimo undan oldin vergul qoʻyiladi. 1) Bo‗rondan so‗ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko‗paydi. 2) Xalqni qo‗rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‗lgan odam marddir. Modal soʻz Agar balki soʻzi gumon, taxmin ma‘nosini bildirsa va uni ehtimol, chamasi, aftidan kabi soʻzlar bilan almashtirish mumkin boʻlsa, modal soʻz hisoblanadi. Balki modal soʻz boʻlganda ikki tomonidan yoki undan keyin vergul qoʻyiladi. Balki, ertalab o‗ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. Ehtimol, ertalab o‗ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. -u (-yu), -da, ham yordamchilarining vazifalari Zidlov bogʻlovchisi Agar -u (-yu), -da yordamchilarini ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh zidlov bogʻlovchisi hisoblanadi. 1) Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‗ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‗ralaydi, ammo ichkariga kira olmaydi. 2) U hamma bilan koʻrishdi-da, menga kelganda burilib ketdi. 180 U hamma bilan koʻrishdi, biroq menga kelganda burilib ketdi. Yuklama Agar -u (-yu), -da yordamchilarini ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari bilan almashtirib boʻlmasa, yuklama hisoblanadi. 1) Axir, majlis qoldirilmaydi-yu. 2) Mol o‗tlaydigan, bolalar chillak o‗ynaydigan yer- da! -u (-yu), -da yordamchilari biriktiruv bogʻlovchisi vazifasini ham, zidlov bogʻlovchisi vazifasini ham bajarishi mumkin. Bu birliklar va, hamda bogʻlovchilari bilan almashsa, biriktiruv bogʻlovchisi, ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari bilan almashsa, zidlov bogʻlovchisi sanaladi. Masalan: 1) Toʻsatdan eshik sharaqlab ochildi-yu, ostonada Ertoyev paydo boʻldi. / Toʻsatdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo boʻldi. (biriktiruv bogʻlovchisi) 2) Uning soʻzlari jonli chiqdi-yu, koʻplab savollarga javob berolmadi. / Uning soʻzlari jonli chiqdi, ammo koʻplab savollarga javob berolmadi. (zidlov bogʻlovchisi) 5-misol. Zidlov bogʻlovchilari ajratib koʻrsatilgan. 1. Mamlakatimizda bayramlar ko‗p, lekin Navro‗zning tarovati, shukuhi o‗zgacha. (D. Hayitova) 2. Ma‘nisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o‗lish demakdir. (Demokrit) 3. Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‗ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. («Hikmatnoma»dan) 4. Dunyoda kasblar ko‗p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug‗dir. (Gazetadan) 5. Vaqt tig‗iz-ku, lekin ancha turgim bor. (Mirtemir) 6. Qancha yo‗llar bosdim, gohida toldim, Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. (Mirtemir) 7. Bo‗rondan so‗ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko‗paydi. (Sh. Rashidov) 8. Xalqni qo‗rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‗lgan odam marddir. 9. Sobir nafaqat o‗qishda, balki sportda ham eng faol o‗quvchi. (M. Qosimova) 10. Inson go‗zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. (M. Qosimova) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling