Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayiruv-chegaralov yuklamalari Sof ayiruv-chegaralov yuklamalari faqat, atigi, xolos Vazifadosh ayiruv-chegaralov yuklamalari
-u (-yu), -da, ham yordamchilarining vazifalari
Biriktiruv bogʻlovchisi Agar -u (-yu), -da, ham yordamchilarini va, hamda bogʻlovchilari bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh biriktiruv bogʻlovchisi hisoblanadi. 1) Siz-u biz shu yurtning farzandlarimiz. Siz va biz biz shu yurtning farzandlarimiz. 2) Otni soy bo‗yiga bog‗ladi-da, o‗zi yuqoriga chiqib ketdi. Otni soy bo‗yiga bog‗ladi va o‗zi yuqoriga chiqib ketdi. 3) Qalam ham daftar oldim. Qalam va daftar oldim. Zidlov bogʻlovchisi Agar -u (-yu), -da yordamchilarini ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh zidlov bogʻlovchisi hisoblanadi. 1) Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‗ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‗ralaydi, ammo ichkariga kira olmaydi. 2) U hamma bilan koʻrishdi-da, menga kelganda burilib ketdi. U hamma bilan koʻrishdi, biroq menga kelganda burilib ketdi. Yuklama Agar -u (-yu), -da, ham yordamchilarini va, hamda, ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari bilan almashtirib boʻlmasa, yuklama hisoblanadi. 1) Axir, majlis qoldirilmaydi-yu. 2) Mol o‗tlaydigan, bolalar chillak o‗ynaydigan yer-da! 3) Biz ham kutubxonaga boramiz. AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALARI O‗zi qo‗shilayotgan so‗zning ma‘nosini ayirib-chegaralab keluvchi yuklamalar ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi. Ayiruv-chegaralov yuklamalari Sof ayiruv-chegaralov yuklamalari faqat, atigi, xolos Vazifadosh ayiruv-chegaralov yuklamalari -gina (-kina, -qina), yolgʻiz, bir 5-misol. Ayiruv-chegaralov yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 1. Toki odamlar meni ko‗rmasin, faqat mehnatimni ko‗rishsin. (Asqad Muxtor) 2. Bizni porloq kelajakka Mustaqillik yo‗ligina eltadi. 3. Mehmon esa «buning o‗zi 187 nima-yu, muomalasi nima bo‗lardi» degan ma‘noda kulib qo‗ydi, xolos. (Cho„lpon) 4. Vaholanki, til davlat miqyosida qo‗llanilsagina milliy til bo‗lib qoladi va ravnaq topadi. («Vatan tuyg„usi» kitobidan) 5. Xotin, bu gaplar kitobdagina bor, xolos, hayot boshqa. (S. Zunnunova) Yolgʻiz va bir soʻzlari aslida sifat va son turkumiga mansub boʻlib, ular ba‘zan ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini ham bajaradi. Bu soʻzlarning qanday vazifa bajarayotganligini farqlash lozim. yolgʻiz soʻzining vazifalari Vazifasi Izoh Misollar Ayiruv- chegaralov yuklamasi Agar yolgʻiz soʻzini faqat soʻzi bilan almashtirish mumkin boʻlsa, vazifadosh ayiruv-chegaralov yuklamasi sanaladi. 1) Darsga yolgʻiz Salim kelmadi. 2) Darsga faqat Salim kelmadi. Sifat Agar yolgʻiz soʻzini faqat soʻzi bilan almashtirib boʻlmasa, sifat hisoblanadi. Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongi chiqmas. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling