bir soʻzining vazifalari
Ayiruv-
chegaralov
yuklamasi
Agar bir soʻzini faqat soʻzi bilan
almashtirish
mumkin
boʻlsa,
vazifadosh
ayiruv-chegaralov
yuklamasi sanaladi.
1)
Darsga
bir
Salim
kelmadi.
2) Darsga faqat Salim
kelmadi.
Son
Agar bir soʻzini faqat soʻzi bilan
almashtirib
boʻlmasa,
son
hisoblanadi.
Bir oʻlka bor dunyoda
biroq,
Ochilmagan
dostondir bori.
O„XSHATISH-QIYOSLASH YUKLAMALARI
So‗z yoki gapga o‗xshatish-qiyoslash ma‘nosini yuklovchi xuddi, go„yo(ki),
naq, bamisoli, bamisli kabi yordamchi so‗zlar o„xshatish-qiyoslash yuklamalari
hisoblanadi. Shuningdek, ular ergashtiruvchi bog‗lovchi vazifasida ham kelishi
mumkin.
6-misol. Oʻxshatish-qiyoslash yuklamalari ajratib koʻrsatilgan.
1. U so‗zlar, tirilib kelarlar go„yo Birga qonli jangga kirgan o‗rtoqlar. (E.
Vohidov) 2. Tog‗laring tegrangda go„yo Bo‗g‗ma ajdar bo‗ldi-yu, Ikki daryo – ikki
chashming, Chashmi giryon, o‗zbegim. (E. Vohidov) 3. Dardga darmon bo‗ladigan
ham shu so‗z, turmushga og‗u soladigan ham xuddi shu so‗z. («Vatan tuyg„usi») 4.
Hatto, zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‗yingiz bamisli xayol... (A. Oripov)
5. Otasining shu gaplari hozir Humoyunga xuddi o‗z dilidan eshitilayotganday
bo‗ldi. (P. Qodirov) 6. Chaqnasa ham xuddi yulduz, O‗zi juda epsiz qo‗ng‗iz.
(Mirtemir)
Oʻxshatish-qiyoslash yuklamalarining barchasi ergashtiruvchi bogʻlovchi
vazifasini ham bajarganligi uchun vazifadosh yuklama hisoblanadi.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |